Xorazm viloyatida ajoyib odat bor: uyga mehmon kelsa, besh daqiqadan so‘ng qaynoqqina go‘mma dasturxonga tortiladi. Ushbu yegulikni qancha ko‘p iste’mol qilsangiz ham yana ko‘ngil tusayveradi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • Qo‘y go‘shti qiymasi  − 500 gramm;
  • O‘simlik yog‘i − 50+15 gramm;
  • Un − 1 kilogramm;
  • Piyoz − 200 gramm;
  • Pomidor − 20 gramm;
  • Tuxum − 1 dona;
  • Suv − 250 ml;
  • Sut − 250 ml;
  • Ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

Mahsulotlar ajratib olinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Sut, sut, tuz va o‘simlik solib aralashtiriladi. Alohida idishda un va tuxum solinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Ular yaxshilab aralashtirilib, xamir qoriladi. Xamir tinishi uchun 30 daqiqaga xona haroratida qoldiriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Bu paytda piyoz mayda to‘g‘raladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Qiyma go‘shti qizigan yog‘da qovuriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Ustidan piyoz va ziravorlar solinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Qovurilgan qiyma alohida idishga olingandan so‘ng ko‘kat va pomidor bilan aralashtiriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Xamir yupqa qilib yoyiladi va piyola kattaligida aylana shakllarga bo‘lib chiqiladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Ichiga qiymali “nachinka” qo‘yiladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Xamir ikkiga bukilib, chetlari yaxshilab yopishtiriladi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Qizib turgan yog‘da qizargunguncha qovurib olinadi.

Foto: “Hi-chef.ru”

Xorazmcha go‘mma barchaga manzur kelishi tabiiy. Yoqimli ishtaha!

Foto: “Hi-chef.ru”

От qwert.uz