«Shirinliklar xaqida» — tez aytishlar

Shokir «qandolatchi» shokoladga zakolat berdi.

Margʼuba Margʼilondagi «mini-market»dan marmelad oldi.

Shokir Shaxrixon shaxriga shakar keltirdi.

Tursunoy toʼrtta tort tayyorladi.

Nurmat nonvoyxonadagi nonvoylarga navbat bilan novvot berdi.

Samadxon Samarqanddan oqqand olib qaytdi.

Pochcham pechda pechenьe pishirdi.

Jomboylik Jamoliddin jiyakchini jiyani jiydani juda sevadi.

Toʼrtkoʼllik Tursunoy turli tuman turshaklarni turganlarga tortiq qildi.

Botir bozorga borib, «Bakaleya»dan «Baunti» berishlarini soʼradi.

Saodat saqichni «chapillatib» chaynashni xush koʼradi.

«Tviks» turli turdoshlaridan toʼla-toʼkis ustun keldi.

«Snikers» sekin-asta sezdirmay, sifat sertifikatini oldi.

Xonobodlik Xolida xolam xolvaytarni xushlaydi.

Muso Qayumni qaymoqli muzqaymoq yemoqqa chaqirdi.

Pirimqul pazanda pirojniy pishirish sirlarini sira sezdirmaydi.

Rufat Rafaelga rostakam «Rafaello» keltirdi — Rafaelь «Rafaello»dan rosa roxatlandi.

Peshqoʼrgʼonlik peshqadam pazandalar qishloqda pishloq pishirishda pishib ketishgan.

Qaxramon qachon — qanday qilib, qaxva qabul qilishni qulayligini biladi.

Аsila aslida asl asalari asalini astoydil asrashga axdlashgan.

Xolboyni Xolbi xolasi xolva qilishni qoyillatib qoʼyadi.

Poshshaxon pashmak pishirishni Xoshim pochchasidan oʼzi oʼrgangan.

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF