Respublikachilar partiyasidan nomzod, AQShning amaldagi rahbari Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lganini e’lon qildi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda u Twitter’ida yozib qoldirgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

“Men saylovlarda g‘olib bo‘ldim”, — degan Tramp. Ijtimoiy tarmoq uning postini rasmiy natijalar buning aksini ko‘rsatganligi haqidagi xabar bilan qayd etgan.

Kuni kecha Tramp demokrat Jo Baydenning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tan olishdan bosh tortishini aytgandi. U saylovlar qonunbuzarliklar bilan o‘tgan degan fikrda. Boshqa tvitda Tramp saylovlarda mamlakat Konstitutsiyasi buzilganini yozgan.

“Nega feyk OAVlar biz tomon hozir nimalarga tayyorlanayotganimizni, 2020-yilgi saylovlarda buyuk Konstitutsiyamizning buzilishi qanchalik kuchli bo‘lganligini hatto ko‘rsatishga ham yo‘l qo‘ymasdan nuqul Jo Bayden prezident bo‘ladi deb taxmin qilmoqda? Ehtimol, o‘tmishda bunga teng keladigan qonunbuzarlik bo‘lmagandir?” — deb yozgan Tramp.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan ko‘p sonli kuzatuvchilar ovozlarni sanash joyiga kiritilmagan. Prezident, shuningdek, demokratlar o‘z partiyasidan bo‘lgan nomzodga yordam berish uchun byulletenlarga “o‘zgartirishlar kiritgan”nini aytgan. Bundan tashqari, u pochta orqali ovoz berish natijalarini “qalbaki” deb atagan.

Twitter Trampning saylovlardagi qonunbuzarliklar aytilgan ikkala tivitini bu ta’kidlar bahsli ekanligi haqidagi qayd bilan belgilagan.

AQShda prezident saylovi 2020-yil 3-noyabrda bo‘lib o‘tdi. 16-noyabr holatiga ko‘ra natijalar hali rasman e’lon qilinmadi. Amerika OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenni g‘olib deb topdi. Ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, xususan, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, shuningdek, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Jo Baydenni AQSh prezidentligi saylovidagi g‘alaba bilan tabriklagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmirtiy Peskov esa Putin “saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan keyin” tabriklashini bildirgan. Facebook rahbari Mark Sukerberg Jo Baydenni AQSh prezidentlik saylovlari g‘olibi deb atadi.

14-noyabr kuni Vashingtonda AQSh prezidentlik saylovi natijasidan norozi bo‘lgan minglab kishilar amaldagi davlat rahbari Donald Trampni qo‘llab-quvvatlab mitingga chiqdi. Unda Trampga qarshi bo‘lganlar ham qatnashdi va namoyish to‘qnashuvga aylanib ketdi.

От qwert.uz