Yerga qiymati 17,4 mlrd dollarlik asteroid yaqinlashmoqda

Noyabr oyining oxirlarida Yer sayyorasi yonidan diametri 370-820 metr atrofida bo‘lgan potensial xavfli asteroid uchib o‘tadi. Bu haqda NASA’ning Yer atrofidagi obyektlarni o‘rganish markaziga tayanib, “RBK” xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

153201 (2000 WO107) asteroid Yerga 29-noyabr kuni yaqinlashadi. Space Reference ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur osmon jismi va Yer o‘rtasidagi masofa 4 million kilometrdan ortiqroqni tashkil etadi. Taqqoslash uchun Oy va Yer orasidagi masofa bundan o‘n barobarga kam. Asteroid yer shari orbitasini kesib o‘tgani uchun potensial xavfli hisoblanadi.

Spektr tahlillarga ko‘ra, asteroid nikel, temir va kobaltdan tarkib topgan. Asterank ma’lumotlar bazasining baholashicha, asteroiddagi qimmabaho minerallarning qiymati 17,4 milliard dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Apofis asteroidi tezligini oshirib, Yerga yaqinlashayotgani, ulkan osmon jismi 48 yildan so‘ng sayyorga kelib urilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida NASA ko‘p qavatli uy kattaligidek asteroid Yerga yaqinlashayotganidan ogohlantirgandi.