Tailand shimolidagi Chiangmay provinsiyasi aholisi dalada och qolgan fil bolasiga duch keldi. U o‘zganing shakarqamishini yeyishga qaror qilgan. Odamlarni payqab qolgach esa simyog‘osh orqasiga berkinib olgan. Aftidan, u yosh, kichkina bo‘lsa ham baribir fil ekanligini unutib qo‘ygan ko‘rinadi, deb xabar beradi Meduza  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Boredpanda

Mahalliy aholi unga qarata fonar yoqib, suratga olgan. Bu vaqt ichida fil bolasi odamlar hech narsani payqab qolmasligiga umid qilib, qimirlamay turgan. Oxir-oqibat odamlar ketib, filning bemalol ovqatlanib olishi uchun imkoniyat yaratib bergan.

Avvalroq Tailandda 70 yillik tutqinlikdan so‘ng ozod etilgan fil yig‘lab yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz