Bollivud dunyosi qanchalik katta bo‘lmasin, undagi vakillarning deyarli barchasi bir-biriga aloqador yoki bog‘liqligi bor. Shunga qaramasdan, muxlislar faqatgina Bachchanlar yoki Kapurlar sulolasi haqida ma’lumotga ega. E’tiboringizga hamma ham bilavermaydigan, hind kinosanoatidagi bir-biriga qarindosh yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ranvir Singx va Sonam Kapur

Foto: Bollywoodtime

Har ikkala ijod vakili ham bir-biriga qarindosh. Sonamning (ona tarafdan) buvisi Ranvir (ota tarafdan) bobosining singlisi bo‘ladi.

Vivek Oberoy va Akshay Oberoy

Foto: Bollywoodtime

Vivek va Akshay amakivachchalar hisoblanadi. Akshayning otasi Vivekning otasi Sureshga aka bo‘ladi.

Kajol, Rani Mukerji va Ayan Mukerji

Foto: Bollywoodtime

Rejissor Ayan Mukerji aktyor Deb Mukerjining o‘g‘li, shuningdek, Rani va Kajolning amakivachchasi. U rejissor Ashutosh Govarikerga “Vatanga qaytish” filmining suratga olish jarayonida yordam bergan va bu bejizga emas, chunki Ashutoshning rafiqasi Sunita Ayanning o‘gay singlisi hisoblanadi.

Kunal Kapurning Bachchanlar bilan aloqadorligi bor

Foto: Bollywoodtime

Kunal Kapur Amitabx Bachchanning jiyani Nainaga uylangan.

Shekxar Kapur va Purab Koxli

Foto: Bollywoodtime

Purab Koxli rejissor Shekhar Kapurning jiyani sanaladi.

Aditya Chopra va Karan Johar

Foto: Bollywoodtime

Aditya va rejissor Karan Johar opa-ukalarning farzandi. Karanning onasi Adityaning otasi Yash Chopraga opa bo‘ladi.

Dxarmesh Darshan va Aliya Bxatt

Ular opa-ukalarning farzandi. “Yurak urishi”, “Sadoqatsiz” va “Raja Hindustani” singari filmlarda suratga tushgan Dxarmeshning onasi Aliyaning otasiga opa bo‘ladi.

Shabana Azmi, Tabu va Fara Naaz

Foto: Bollywoodtime

Ko‘pchilik Tabu va Faraning opa-singil ekanligini biladi, lekin hamma ham ularning Shabanining jiyani ekanligini bilavermaydi. Shabanining akasi Jamal Xashmi Tabu va Faraning otasi bo‘ladi.

Prem Chopra va Raj Kapur

Raj Kapurning rafiqasi Krishna Kapur va Prem Chopraning rafiqasi Uma Chopra — opa-singillar.

Guru Datt va Amrita Rao

Foto: Bollywoodtime

Afsonaviy aktyor Guru Datt va Amritaning bobosi amakivachchalarning farzandi hisoblanadi.

От qwert.uz