Oila, mashinalar va antiqa sevgi qissasi. “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich qanday hayot kechiradi?

So‘nggi yillarda Xorvatiya terma jamoasi va “Real” safida barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan kam sonli o‘yinchilardan biri Luka Modrich aslida o‘ziga istalgan narsani ravo ko‘ra olsa-da, hamkasblari va jamoadoshlariga qaraganda anchayin kamtar hayot kechiradi. Buning sababi esa Lukaning yoshligida juda ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirganidir. Shunday bo‘lsa-da, ko‘plab insonlar havas qilsa arziydigan hayot kechiradi. Demak, quyida “Oltin to‘p–2018” mukofoti sohibi Luka Modrichning qanday hayot kechirishi haqida hikoya qilamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Modrich qayerda yashaydi?

Foto: Google Photos

Modrich 2012-yilda La Moralexaga ko‘chib o‘tganida, u yerda uning jamoadoshlari ko‘pchilikni tashkil qilardi. Oradan 7 yil o‘tib, 2019-yilda Luka o‘sha hududdan 12 million yevroga hashamatli uy sotib oldi.

Foto: Google Photos

Uy joylashgan hudud 10 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Binoning o‘zi esa 2700 kvadrat metrni egallagan bo‘lib, unda 9 yotoqxona va xuddi shuncha yuvinish xonasi bor. Shuningdek, yerto‘lada 18 o‘rinli kinoteatr, sport zali va 10 ta avtomobilga mo‘ljallangan garaj hamda massaj xonasi mavjud.

Foto: Google Photos

Modrich qanday mashinalarda yuradi?

Lukaning 10 ta mashinaga mo‘ljallangan garaji borligi bejiz emas, boisi u haydashi mumkin bo‘lgan mashinalar talaygina.

Foto: Google Photos

Misol tariqasida, Bentley Continental GT’ni keltirish mumkin. Bunday aravalarning narxi 207 ming yevrodan boshlanadi.

Foto: Google Photos

Shuningdek, uning garaji turli xil Audi’lar bilan liq to‘la. Chunki nemis kompaniyasi va “Real Madrid” ko‘p yillardan beri hamkorlik  qilib keladi.

Foto: Google Photos

Modrich esa shu tariqa deyarli har yili Audi’dan yangi avtomobil qabul qiladi.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Modrichning shahsiy hayoti

Foto: Google Photos

Luka prinsipial jihatdan ko‘proq futbolga e’tibor qaratadi va o‘ziga xos turmush tarzini olib boradi. 2010-yilda u Vanya Bosnichga uylandi. Vanya hozir 37 yoshda bo‘lib, u Lukadan uch yoshga katta. Juftlik hozirda uch nafar farzandni voyaga yetkazmoqda.

Foto: EPA

Ularning sevgi qissasi tarixi juda qiziqarli tarixiga ega. Dastlab, Vanya Modrichning agenti bo‘lgan, o‘shanda Luka 21, Vanya esa 24 yoshda edi. Ma’lum vaqt o‘tib esa hamkorlik muhabbatga aylandi va 2010-yilga kelib, ular turmush qurdi. Marca nashri bir vaqtlar Lukaning tungi klub va ziyofatlarda deyarli ko‘rinmasligini, biroq hayvonot bog‘ida esa uni topish osonligi haqida yozgandi. Futbolchining aytishicha, eng yaxshi ta’til – bu oilaviy hordiq chiqarish.

Modrichning daromadi qancha?

Luka uzoq vaqt davomida, aniqrog‘i, 2012-yilning yozidan beri “qaymoqranglilar” sharafini himoya qilib keladi. Madrid klubi Modrich uchun “Tottenhem”ga 33 million funt sterling to‘lagandi. 2011-yilda Luka “taqachilar” safida haftasiga atigi 45 ming funt ishlab topgan bo‘lsa, hozirda xorvat ushbu muddat ichida 180 ming funt oladi. Shuningdek, “Real” bilan naq 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Modrichning uyida “Oltin to‘p” sovrini ham bor.

Foto: Google Photos