Rossiyaning Tomsk shahrida 6 yoshli qizcha ko‘p qavatli turar joy binosining to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushdi va hech qanday jarohat olmadi, deb xabar beradi “TASS”.

Ko‘ngilsiz hodisa 21-noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlardan ko‘rish mumkinki, qizaloq qor uyumi ustiga yiqilgan va shundan so‘ng uning ichidan chiqib, yurib ketgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Mazkur hodisa joyiga tez yordam mashinasi yetib kelgan va qizcha tibbiyot muassasasiga olib borilgan, u ertalabgacha o‘sha yerda qolgan. Bolakayning ahvoli “qoniqarliga yaqin” deya baholangan bo‘lib, travmatologiya bo‘linmasi nazorati ostida.

Viloyat tergov xizmati va prokuraturasi holat yuzasida tekshiruvlarni boshlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloq onasi uyida yo‘qligida balkondan yiqilib tushgan. Kvartirada esa faqat ona-bola yashaydi.

От qwert.uz