Filmning muvaffaqiyatli chiqishi ijodiy jamoa, ssenariy, sujet va aktyorlar tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Bir loyiha ustida uzoq va ko‘pchilik ishlashi mumkin, lekin muxlislar ko‘pincha ijod namunasining omadli chiqishini bosh qahramonlar ijrosi bilan baholaydi. Bosh qahramon bo‘lish esa hammaga ham nasib qilavermaydi, lekin shunday mashhurlar borki, ularning o‘zi hammasi hal bo‘lganidan keyin ortga qadam tashlagisi kelib qoladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kriti Sanon — “Laknau markaziy qamoqxonasi” (2017-yil)

Foto: Bollywoodtime

Kriti, Farxan Axtar bilan “Laknau markaziy qamoqxonasi” loyihasini imzolagani haqidagi yangilikni quvonch bilan ulashgan. Ammo filmni suratga olish ortga surilgan va bu vaqtda Kriti boshqa loyihada ishtirok etishga rozilik berib qo‘ygan. Shundan keyin u tarkibdan chiqqan va u ijro qilishi kerak bo‘lgan rolni Diana Penti ijro qilgan.

Rekha — “Ta’qib” (2016-yilda)

Foto: Bollywoodtime

Aktrisa Rekha, Shekhar Kapurning “Ta’qib” filmida Nazrat Jal Maxal roli uchun eng yaxshi nomzod edi. Aslida u ushbu filmning Kashmirda bo‘lib o‘tgan jarayonida suratga tushgan, lekin keyin unga qahramonining tashqi ko‘rinishi va taqdiri yoqmagani sabab suratga olish ishlari deyarli yakuniga yetay deganda loyihani tark etgan. Shundan keyin uning o‘rniga Tabu olingan va sahnalarni qayta suratga olishga to‘g‘ri kelgan.

Karina Kapur — “Ram va Lila” (2013-yil)

Foto: Bollywoodtime

Karina Kapur mazkur filmda Ranvir Singx bilan birga suratga tushishi va Lila rolini ijro qilishi kerak bo‘lgan, lekin suratga olish ishlari boshlanishidan 10 kun avval loyihani tark etgan. Bunga shartnomadagi ayrim bandlar yoqmagani sabab bo‘lgan.

Smirti Irani — “Hammasi yaxshi” (2015)

Foto: Bollywoodtime

Rejissor Umesh Shukla, filmda Abxishek Bachchanning onasi rolini ijro qilishi kerak bo‘lgan Smriti Iranini, siyosiy majburiyatlarini bajarishi uchun 6 oy kutishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo Smitri to‘satdan inson huquqlari bo‘yicha vazir kursisini egallagan va loyihada ishtirok etishdan voz kechgan. Shundan keyin uning rolini Supriya Patxak ijro qilgan.

Chitrangada Singx — “Lochin ko‘zli janob” (2017)

Foto: Bollywoodtime

Aktrisa, aktyor Navazuddin Sidqiy bilan suratga tushgan sahnalari yoqmagani sabab, loyihani tark etishga qaror qilgan. Rejissor va aktyorning o‘zini tutishiga aktrisa chiday olmagan va oqibatda uning rolini Bidita Bag ijro qilgan.

Karina Kapur “Sevaman deb ayt” (2000)

Foto: Bollywoodtime

Ushbu film Karinaning debyut roli bo‘lishi mumkin edi, ammo u suratga olish ishlari boshlanganidan bir necha kun o‘tib loyihani tark etgan. Filmda uning hamrohi Ritik Roshan bo‘lgan va film rejissori (aktyorning otasi) Karinadan ko‘ra Ritikga ko‘proq e’tibor qaratgani aktrisaga yoqmagan. Shundan keyin uning roli Amisha Patelga nasib qilgan.

Sushant Singx Rajput “Romeo Akbar Volter” (2019)

Foto: Bollywoodtime

Sushant filmning birinchi posteri taqdim etilganidan keyin suratga tushish fikridan qaytgan. Bunga filmning taqdim etish sanasi ko‘rsatilmagani sabab bo‘lgan va rol Jon Abrahamga nasib qilgan.

Abxishek Bachchan — “Batalyon” (2018)

Foto: Bollywoodtime

Aktyor suratga olish ishlari boshlanguniga qadar, Jey Pi Dattning mazkur loyihasidan juda ham mamnun bo‘lgan. Lekin birdaniga suratga olish maydonchasini tark etgan va bir necha kun o‘tibgina o‘zining filmdagi ekran vaqtidan ko‘ngli to‘lmaganini ma’lum bo‘lgan. Keyin esa uning o‘rniga Xarshvardan Ran suratga tushgan.

Priyanka Chopra “Bharat” (2019)

Foto: Bollywoodtime

Priyanka mazkur loyihada Salmon Xon ishtirokidagi aktyorlar tarkibidan o‘rin olayotgani va qaytishini ma’lum qilib muxlislarini quvontirgandi. Ammo Nik Jonas bilan unashtiruvi sabab loyihadan chiqqan va rejissor Abbos Zafar, Priyanka filmga boshqa aloqador emasligini aytib, o‘rniga Katrina Kaifni olgan.

От qwert.uz