Yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

Ro‘yxatdagi qizlar suratlariga nazar tashlab, ularning yulduzlarga quyib qo‘ygandek o‘xshashiga qoyil qolmay iloj yo‘q  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Melissa Beyzen va Anjelina Joli

Foto: Cosmopolitan

Dunyoda Anjelinaga o‘xshashni istaganlar qizlar soni milliondan oshiq bo‘lishi mumkin, lekin hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Melissa Beyzen aktrisaning stilini takrorlashni juda ham yaxshi ko‘radi. Uning ko‘rinishi ham Anjelinaga quyib-qo‘ygandek o‘xshaydi.

Xilla Kadmon va Enn Xeteuey

Foto: Cosmopolitan

“Malikaning kundaligi” yulduzining ko‘rinishi o‘ziga xos ekanligiga qaramay, unga ham o‘xshaydigan qiz bor ekani ma’lum bo‘lgan. Xillaning qalin sochi va turmagi yulduzga o‘xshashida asosiy elementlardan biri hisoblanadi.

Jennifer Lopes va Konni Penna

Foto: Cosmopolitan

Konnini, Jey Loning qiyofadoshi emas, dublyori deb ham atasa bo‘ladi. Xonandaning o‘zi ham o‘xshashlikni tan oladi va bajonidil u bilan birga suratga tushadi. Ular birgaligida qay biri haqiqiy Lopes ekanini ajratish mushkul.

Ariana Grande va Meloni Eskobar

Foto: Cosmopolitan

Terisi, soch turmagi va uzun kipriklari sabab Meloni, Arianaga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi.

Megan Markl va Kristian Matis

Foto: Cosmopolitan

Instagram’da Megan Marklga o‘xshaydigan kishilar surati joylanadigan alohida sahifa ham bor. Ayrimlar esa makiyaj yordamida Meganga o‘xshashga harakat qiladi.

Keti Perri va Francheska Braun

Foto: Cosmopolitan

Ketiga o‘xshash uchun terining oq, ko‘zlarning ko‘k va sochlarning tinimsiz bo‘yashga chidamli bo‘lishi kifoya.

Shakira va Rebekka Maellano

Foto: Cosmopolitan

Rebekka qo‘ng‘iroq sochlari, tabassumi va jigarrang ko‘zlari bilan Shakiraga juda ham o‘xshaydi.

Mila Kunis va Sara Cheksi

Foto: Cosmopolitan

Saraning Instagram sahifasiga selfisini Eshton Kutcher rafiqasi surati bilan birga qo‘yganidan keyin ularning o‘xshashligiga yana bir bor amin bo‘lish mumkin bo‘lgan. Ayniqsa, ko‘zlarini Mila singari bo‘yagani ularni egizakdek ko‘rinishiga sabab bo‘lgan.

Rianna va Pristsilla Beatris

Foto: Cosmopolitan

Pristsilla o‘ziga xos chiroyga ega bo‘lgan xonandaga o‘xshashini tushunib yetgan va uning singari obrazlarni takrorlashdan uyalmaydi.

Britni Spirs va @britalike

Foto: Cosmopolitan

Britnining ko‘rinishi avvalgidek e’tibor tortmasa ham, uning o‘ziga yarasha muxlislari yo‘q emas. Masalan Instagram’da @britalike sahifasi egasi xonandaning avvalgi ko‘rinishiga o‘xshashga harakat qiladi va buning uddasidan chiqadi.