Pedagog va tilshunos, talabalar uchun mo‘ljallangan ingliz tili darsligi muallifi Natalya Bonk 96 yoshida Moskvada olamdan o‘tdi. Bu haqda Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti saytiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Bonk 21-noyabr kuni vafot etgan.

“Natalya Aleksandrovna 1993-yildan buyon institutimizda ishlagan yagona, betakroк va ajoyib pedagog edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     U o‘zining dasrligi bo‘yicha olib borilgan ingliz tili kurslarini boshqarardi. Uni tanigan barcha quyosh kabi porlagan tabassumi, hazil hissi va barchaga saxiyligini unutmaydi: u doim o‘z bilimlari, hayotiy tajribasi bilan bo‘lishishga, og‘ir damlarda yordamga kelishga tayyor edi”, — deyiladi OTM matbuot xizmati xabarida.

Bonk 1924-yilning 2-iyulida Moskvada opera kuychisi va lak-bo‘yoq materiallar zavodi direktorining oilasida tug‘ilgan. 1945-yilda Xorijiy tillar pedagogika institutini tamomlagan. Turli vaqtlarda SSSR TIV kurslari, Rossiya Tashqi savdo akademiyasida ingliz tilidan dars bergan.

Bonk ingliz tilini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha qator darsliklar muallifi hisoblanadi. Ayniqsa, uning G.A. Kotiy va N.A. Lukyanova bilan hammualliflikdagi kitobi mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari, u qizi Irina Bonk bilan birga (1951—2005-yillar) boshqa bir darslikni — “Ingliz tili qadamba qadam” kitobini yozgan va u ham mashhurlikka erishgan.

От qwert.uz