Organizmda D vitaminining yetishmasligini suyaklarning sezilarli darajada yumshashi va kechalari og‘riq paydo bo‘lishi orqali sezish mumkin. Bu haqda britaniyalik shifokorlarga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Pixabay

Ta’kidlanishicha, tanqislikning erta bosqichlarida u biror belgisiz namoyon bo‘ladi va uni faqatgina rentgen yoki diagnostik tekshiruvlar yordamida aniqlash mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kechasi yoki suyaklar bosilganida tos, bel, oyoq, son va qovurg‘alar sohasida yuzaga keladigan qattiq og‘riq D vitamin yetishmasligining belgisi hisoblanadi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kabi patologiya keksalar uchun xavfli, chunki u suyak sinishi va osteoporozga olib kelishi mumkin.

Vitamin tanqisligini har kuni D vitaminini qabul qilish orqali bartaraf etish mumkin. Uni to‘g‘ri iste’mol qilish suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi.

D vitamini organizmda kalsiy va fosforning almashinuviga yordam beradi. Shuningdek, suyak to‘qimasining shakllanishiga va ijobiy o‘sishiga ta’sir qiladi. Bu vitamin raxitning oldini olish va davolashda qo‘llaniladi. D vitamini baliq moyi, jigar, go‘sht mahsulotlari, tuxum sarig‘ida mavjud.

От qwert.uz