Erkaklarda ham ayollarda ham kuzatilishi mumkin bo‘lgan buyrak saratoni eng ko‘p tarqalgan xavfli o‘simtalar o‘ntaligidan o‘rin olgan. Ba’zida nasldan naslga o‘tishi bilan kuzatiladigan mazkur kasallikni chekish, ortiqcha vazn, og‘riq qoldiradigan moddalarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish ham rivojlantirib yuborishi mumkin. Quyida buyrak saratonida kuzatiladigan eng ko‘p tarqalgan simptomlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Qorinda, yonbosh yoki umurtqaning pastki qismida shish yoki qavariqlar paydo bo‘lishi

Afsuski, buyrak saratoni boshlang‘ich davrida o‘zini namoyon qilmaydi va agarda tashqi simptomlar kuzatiladigan bo‘lsa, bu kasallik zo‘rayganidan dalolat beradi. Qorinda, yonbosh yoki umurtqaning pastki qismida paydo bo‘lgan qavariqlar allaqachon rivojlanib bo‘lgan o‘simta bo‘lishi mumkin.

UZI tahlili natijalarining yaxshi chiqmasligi

Shifokorlar muntazam ravishda qorin bo‘shlig‘ini UZI, ya’ni ultratovush orqali tekshirtirib turish kerakligini tavsiya qiladi. O‘smalar keltirib chiqargan buyrakdagi o‘zgarishlar, hatto kasallik endigina rivojlanayotgan bo‘lsa ham mazkur tekshiruvda aniqlasa bo‘ladi. Saraton vaqtida aniqlansa, davolash yoki rivojlanib ketmasligining oldini olish mumkin bo‘ladi. Shu sababdan ham nafaqat buyraklar, balki qorin bo‘shlig‘idagi boshqa a’zolarni ham tekshirtirib turish kerak.

Tananing yon sohasida og‘riqni his qilish

Ko‘plab ushbu kasallikka chalingan bemorlar tortishadigan va simillagan og‘riqdan shikoyat qiladi. Bunda og‘riq kuchaymaydi ham o‘tib ham ketmaydi. Agar og‘riq bir necha kun davomida ham o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qilishni ortga surmaslik kerak.

Qon aralash peshob

Bu simptom muolajalardan keyin ham kuzatilishi mumkin, lekin nima bo‘lgan taqdirda ham befarq bo‘lmaslik shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki qon aralash peshob rivojlanayotgan buyrak saratonining belgisi bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Charchoq, vazn yo‘qotish

Ishtaha, shuningdek, vaznning besabab yo‘qolishi hamda doimiy ravishda holsizlik va charchoqni his qilish inkor etmaslik kerak bo‘lgan jiddiy belgi hisoblanadi. Afsuski, bu buyrak saratoni bilan bog‘liq bo‘lsa, unda kasallik rivojlanib bo‘lganidan dalolat beradi. Nima bo‘lgan taqdirda ham agar siz hech qanaqasiga dam ola olmayotgan bo‘lsangiz va sababsiz ozib ketsangiz, mutaxassis ko‘rigidan o‘tish uchun jiddiy sababingiz bor.

Qon bosimining oshishi

Avvallari hech qachon gipertoniyadan aziyat chekmagan bo‘lsangiz, ammo endilikda qon bosimingiz me’yordan yetarli darajada yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Gap shundaki, buyraklar organizmda suyuqlik balansini me’yorda bo‘lishiga yordam beradi hamda qon bosimini nazorat qiladigan renin gormoni ishlab chiqaradi. Shu sabab ham buyrakda muammo bo‘lsa, qon bosimi ham ko‘tariladi.

Haroratning ko‘tarilishi

Tana haroratining ko‘tarilishi ham befarq bo‘lmaslik kerak bo‘lgan yana bir simptom hisoblanadi. Harorat ko‘tarilishi immun tizimi qandaydir “dushman” bilan kurashayotganini bildiradi. Bu virus, bakteriya yoki o‘simta bo‘lishi mumkin. Agar boshqa yaqqol kuzatiladigan infeksiyaga xos simptomlar: yo‘talish, aksirish, mushaklar og‘rishi kuzatilmasa, buyraklarni tekshirtirish va shifokorga murojaat qilish kerak.

От qwert.uz