Eng ko‘p tarqalgan autoimmun kasalliklaridan biri psoriaz, terida qichima keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan toshmalar paydo bo‘lishi bilan kechadi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo aholisining 3 foizi aynan shu kasallikdan aziyat chekadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Turmush tarzini o‘zgartiring

Tadqiqotlarda psoriazga chalinish xavfi ortiqcha vaznli, ikkinchi turdagi qandli diabet, yurak ishemiyasi hamda gipertoniya bilan kasallangan bemorlarda yuqori bo‘ladi. Shu sababdan shifokorlar medikamentozlar bilan davolashdan tashqari turmush tarzini o‘zgartirish va zararli odatlardan voz kechish kerakligini ta’kidlaydi. Xususan, glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yemaslik va yallig‘lanishga qarshi mahsulotlar: baliq, yong‘oq, sabzavot, meva hamda ko‘katlar iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Shifokor ko‘rsatmasiga qat’iy amal qiling

Psoriazni davolashda vaqtida maz va kremlarni surtish hamda shifokor yozib bergan ko‘rsatmalarga amal qilish kerak. O‘zboshimchalik bilan qabul qilinishi kerak bo‘lgan dorilarni to‘xtatib qo‘yish tuzalish jarayonini sekinlashtirishi, hatto jiddiy asoratga olib kelishi ham mumkin.

Shifokor bilan paleo-parhez tutishni maslahatlashing

Ushbu parhezda donli va sutli mahsulotlar deyarli iste’mol qilinmaydi. Shifokor bilan teri va boshdagi toshmalarni kamaytirishga yordam beradigan va paydo bo‘lishing oldini olishda samara beradigan ushbu ratsionga amal qilish bo‘yicha maslahatlashib ko‘ring.

Preparatlar bilan birga xalq tabobatini ham sinab ko‘ring

Psoriazning yengil formasida o‘simlik yog‘i hamda oddiy damlama ham samara berishi mumkin. Og‘irroq formasida esa preparat bilan birgalikda davolab ko‘rish kerak. Ammo qanday davo ko‘rishdan qat’i nazar o‘zboshimchalik qilmang, shifokor bilan maslahatlashing.

Ultrabinafsha nurlaridan foydalanib ko‘ring

Tadqiqotlarda  ushbu terapiyaning samarasi aniqlangan bo‘lib, ma’lum bo‘lishicha ultrabinafsha nurlaridan ma’lum miqdorda davolash maqsadida yordam beradi. Bu toshmalarni kamaytirishi hamda ularning paydo bo‘lishini oldini olishga yordam beradi. Ammo ushbu muolaja yurak kasalliklari hamda qandli diabetning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi sabab ham shifokor maslahatisiz ish qilmaslik kerak.

Lazer ham yordam berish mumkin

Agar toshmalar tana qismining 10 foizdan ko‘pini qoplamagan bo‘lsa, lazer orqali davolash ham samara beradi. Shifokorlar, ayniqsa, ushbu usulni bosh terisini davolashda samara berishini ta’kidlaydi.

Kapsaitsin qichimada yaxshi yordam beradi

Qalampirning o‘tkirligi aynan ushbu modda bilan bog‘liq bo‘ladi va u qichima hamda yallig‘lanishni zo‘riqishida yordam berishi mumkin. Kapsaitsin ekstrakti yoki oddiy qalampirni qaymoqqa aralashtirib, toshmalar ustiga surtish kerak.

Vanilin ekstraktidan foydalanib ko‘ring

Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, oz miqdordagi sun’iy vanilin ekstrakti psoriazda toshmalarni ketkazishi aniqlangan. Ushbu ekstrakt yallig‘lanishda samara beradigan Il-17 va Il-23 oqsillarini faollashtiradi hamda kasallik simptomlarini yengillashtiradi.

От qwert.uz