Qosh to‘kilishi, qo‘rqinchli tushlar: Inkor etmaslik tavsiya qilinadigan organizmdagi 5 o‘zgarish

Salomatlik bilan bog‘liq o‘zgarishlar, muammolar tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarish va ko‘zga ko‘rinadigan belgilar orqali o‘zini namoyon qiladi. NBC News kompaniyasining tibbiyot maslahatchisi tanada aks etishi mumkin bo‘lgan simptomlar haqida ma’lumot beradi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tildagi o‘zgarishlar

Tilda oq quruq va tushunarsiz shakldagi dog‘larning paydo bo‘lishi autoimmun kasalligi — seliakiyga xos simptom bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallikda glyuten iste’moli ingichka ichak faoliyatini yomonlaydi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bunda til “geografik kartaga” o‘xshab ko‘rinadi. Diareya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va vazn ortishi seliakiyga xos boshqa simptomlar sanaladi. Til yoki og‘izda qanday o‘zgarish bo‘lishidan qat’i nazar, shifokorga murojaat qilishni unutmang.

Shirinlik yeyishni xohlash

Shirinlik, shokolad yoki pechenye yemasdan turolmaslik organizmning suvsizlanganidan darak berishi mumkin. Bunda organizm ovqatdan energiya olish uchun shakarni glikogenga aylantirib berishga qiynaladi va shu sabab ham shirinlik istaydi. Bu ko‘pincha chanqoq sabab yuz beradi va bunday vaqtda suyuqlikka yetishmovchiligini qoplash uchun tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva va sabzavotlar yoki suv-tuz balansini yaxshilaydigan ichimlik iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Organizm suvsizlanganda, shuningdek, bosh og‘rishi, ko‘rish qobiliyatining susayishi, ter ajralmasligi, siydikning to‘q rangga kirishi, harorat ortishi va teri qurishi kuzatiladi.

Oyoq-qo‘lda og‘riq

Axillov payi tovon suyagiga birikkan bo‘lib, boldirni bukish, gavdani tik tutishga yordam beradi. U to‘piqning orqa qismida joylashgan bo‘ladi. Aynan ushbu sohadagi og‘riq, psoriazga xos simptom sanaladi. Psoriazni davolash milliy fondining ma’lumotlariga qaraganda, oyoq va qo‘l barmoqlarining shishib ketishi ham psoriatik artrit boshlanayotganidan darak berishi mumkin.

Yomon va qo‘rqinchli tushlar ko‘rish

Ayol kishi shunday tushlar ko‘radigan bo‘lsa, homilador bo‘lishi ham mumkin. Homiladorlik vaqtida har xil tushlar ko‘rish boisi aniq emas. Bu gormon o‘zgarishi yoki homiladorlikka xos ko‘proq uxlash bilan bog‘liq bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas.

Qosh to‘kilishi

Qosh tolalarining to‘kilishi gipoteriozning simptomlaridan biri bo‘lishi mumkin. Gipoteriozda qalqonsimon bez organizmga keragidan kamroq gormon ishlab chiqaradi. Ayniqsa, bu holat ko‘proq 60 yoshdan katta ayollarda kuzatiladi. Vazn yo‘qotish, yurakning me’yordan kam yoki ko‘p urishi, ter ajralishining ko‘payishi va jizzakilik mazkur kasallikka xos boshqa alomatlar sanaladi.