Xonanda Jahongir Otajonov “O‘ynasin” qo‘shig‘iga klip ishlagan Habibullo Nabiyevni ko‘chirmakashlikda ayblab, ushbu klipni YouTube’dan o‘chirib tashlagani haqida xabar bergan edik.

Klipmeyker Habibullo Nabiyev klipning ayrim sahnalari ukrainalik xonanda Maks Barskixning “Sohillar” (“Berega”) klipidan olingani bo‘yicha Jahongir Otajonovning ayblovlarini izohlar ekan, ushbu klipdan ilhomlanganini yashirmadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“To‘g‘ri, men olganman. Referens degan narsa bor, analoglari bor, ya’ni shu g‘oyanining referenslari asosida tushuntirib beriladi kostyumer va dekoratorlarga nima xohlayotganini. Sizlar aytayotgan Maks Barskixning klipi bilan birga-bir kadr yo‘q klipda”, — deydi klipmeyker.

Habibullo Nabiyev, shuningdek, Snoop Dogg va Jey Lo kabi jahon yulduzlarining kliplaridan hamda Joker ishtirokidagi filmlardan ham ilhomlanganini aytib, videolar ko‘rsatgan.

“Tezak yeb yur, degan gaplaringizni o‘zingizga o‘xshaganlarga aytasiz, aka. Sababi siz menga berishingiz kerak bo‘lgan pulni to‘liq bermagansiz. Pulingni halollab ol, noningni halollab ye, debsiz, aka, mening hamma kliyentim biladi pulimni, nonimni qanaqa yeyishimni. Siz oldin qolib ketgan pulimni bering-da, keyin bunaqa gaplarni gapiring. Jennifer Lopez, Snoop Dogg, Drake, Maks Barskix — bular hammasi bitta stilistikada. Men ulardan ilhomlanganman”, — deydi Habibullo Nabiyev.

От qwert.uz