30-yillarda Kler Mak-Kardell sabab moda olamida paydo bo‘lgan, 70-yillarda Diana fon Fyustenberg yordamida qayta urfga kirgan zapax bichimli liboslar bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Dizaynerlar mazkur bichimda libos taqdim qilishdan, moda ixlosmandlari esa ularni kiyishdan charchagani yo‘q. Mazkur mavsumda moda olami yetakchilari eski modellar uchun yangilik kiritdi. Quyida ulardan ayrimlarining suratlari bilan bo‘lishamiz.

Foto: Cosmopolitan

Zapax bichimli liboslar yozda ham dolzarb edi sovuq kunlarda esa modellar orasida xitligi yo‘qolganicha yo‘q. Zamonaviy ko‘rinishga ega, qulay bunday bichimli liboslar qomatga yanada chiroyli urg‘u beradi, mukammal “qum soati”dek ko‘rinishga ega bo‘lishga sababchi bo‘ladi. Bo‘yin qismining V ko‘rinishida ochiq ekani esa bo‘yni baland ko‘rsatadi.

Foto: Cosmopolitan

Dizaynerlar fantaziyalariga erkinlik berdi va klassik mato o‘rniga boshqalardan foydalandi. Masalan, Dolce & Gabbana namoyishlarida ipak matosidan Issey Miyake’da lyon va Saint Laurent’da baxmal ishlatilganini ko‘rish mumkin. Bottega Veneta va Vince modalar uyi dizaynerlari esa trikotaj matodan tikilgan variantlar ham chakki emasligini isbotladi.

Foto: Cosmopolitan

Iro va Ganni brendlari esa bu borada charm matosidan foydalanishni ma’qul bilgan. Charmdan tikilgan zapax bichimli libos bilan bir vaqtning o‘zida ham jiddiy ham latofatli ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Qolaversa, dizaynerlar kolleksiyalarida bunday kiyimni nima bilan moslash mumkin ekaniga ham urg‘u berib ketgan. Rag & Bone zapaxli libosni uzun charm etik bilan kiyilsa, Tory Burch esa uncha katta bo‘lmagan, zanjir bilan bezatilgan geometrik sumka bilan tutilsa qanday turishini ko‘rsatib bergan.

Foto: Cosmopolitan

Issey Miyake va Amiri brendlari esa uni 90-yillar trendi ya’ni etaklari keng shimlar bilan, Bevza esa vodolazka bilan moslash mumkinligini ko‘rsatib bergan.

Foto: Cosmopolitan

Siz ham moda ixlosmandlaridan ortda qolmaydiganlardan bo‘lsangiz, midi uzunligidagi qomatni chiroyli ko‘rsatadigan va shu bilan birga sovuqda oyoqlarni issiq tutadigan modellarga diqqatingizni qaratish tavsiya qilinadi.

Foto: Cosmopolitan

Obrazingiz qiziqarli bo‘lishi uchun esa uzun etik, palto va vodolazka bilan umumlashtiring.

От qwert.uz