Tehron yaqinida mamlakatning yetakchi yadro fizigi Muhsin Faxrizoda suiqasd oqibatida o‘ldirildi, deb yozmoqda Meduza. Bu haqda The Times of Israel xabar bergan, Eron Mudofaa vazirligi tasdiqlagan.

Foto: “Khamenei.ir”

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Faxrizoda mashinasiga terrorchilar hujum qilgan. Olim uning qo‘riqchilari va hujumchilar o‘rtasidagi otishmada jiddiy jarohat olgan va keyinchalik kasalxonada vafot etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning aytishicha, jinoyat sodir etilgan holat ortida Isroil turgan bo‘lishi ehtimoli bor, degan fikrga kelishga asos bo‘lishi mumkin.

Faxrizoda Eron yadro dasturining yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri edi, 2018-yilda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu olimni Tehronning barcha yadro loyihasining rahbari ekanligini aytgan. OAVlar uni “Eronlik Oppengeymer” va “Eron bombasining otasi” deb atagan. Qayd etish joizki, Eronda yadro quroli hozircha yaratilmagan.

2020-yil yanvar oyida Iroqda amerikaliklar Eronning eng nufuzli generali hisoblangan general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgandi. Bu AQSh va Eronni urush yoqasiga keltirib qo‘ygandi. Ziddiyat Tehron Amerika harbiy aviabazasiga rasmiy havo hujumi bilan javob berganidan so‘ng hal bo‘lgan. O‘sha paytda u yerda harbiylar bo‘lmagan.

От qwert.uz