Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 1-dekabr kuni bir guruh o‘zbekistonliklar bo‘lgan Volkswagen Polo rusumli yengil mashina yo‘lning muzlagan qismida avtohalokatga uchragan, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: “Dunyo”

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, buning oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik – 27 yoshli ayol va besh yoshli bola halok bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Besh nafar kishi og‘ir jarohatlar bilan shaharning 9-bolalar va 23-kasalxonalariga yotqizilgan. Hozir shifokorlar o‘ta og‘ir ahvoldagi mashina haydovchisi va vafot etgan bolaning onasi bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari yuzaga kelayotgan turli masalalarni joyida hal qilish uchun kasalxonalarda bo‘lib turibdi.

Avvalroq Qozondagi qurilishda 37 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘lgani, Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik vatanga olib kelinishi hamda Rossiyada yangi qurilayotgan turar joy kompleksida ikki o‘zbekistonlik o‘rtasidagi nizo oqibatida ishchilardan biri halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz