Ushbu mashhur va mahoratli aktrisalarni tanimagan, ular ishtirok etgan filmlarni miriqib tomosha qilmagan inson topilmasa kerak. O‘tgan asrning yulduzlari hisoblangan aktrisalar mashhurlikka erishgandan so‘ng hayoti qay tariqa kechgani esa muxlislar uchun, albatta, qiziq  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy ochag”

Hema Malini

Foto: “Domashniy ochag”

Hema Malini o‘z faoliyatini aktrisalikdan boshlamagan. U dastlab muvaffaqiyatga erishgan raqqosa edi. Shuningdek, uning janubiy hindcha talaffuzi ham kinoga olamiga kirishga unchalik yo‘l bermagan. Va nihoyat Raj Kapur bilan suratga olinadigan filmda lo‘li-raqqosa qiz kerak bo‘lgan va buni Hema Malini a’lo darajada uddalagan. Keyinchalik unga bir necha lo‘li obrazlari uchun takliflar ham tushgan. Aktrisa doimo ayollarni ilg‘or fikrlashga undaydigan obrazlarni gavdalantirishga harakat qilgan. Aynan “Zita va Gita”da ham zo‘ravonlikka qarshi turish masalasi ko‘tarilgan. “Qasos va qonun” filmidagi Basanti rolidan so‘ng Hindistondagi yuzlab ayollar pul topishga qaror qilgan.

Foto: “Domashniy ochag”

Hema Malini aktyor Dxarmendra bilan suratga olish maydonchasida tanishgan. Albatta, Hema Malini dastlab bunga e’tibor bermagan. Nihoyat Dxarmendra unga niyati jiddiy ekanligi va karyerasini to‘xtatmasligini ishontirishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng yulduzli juftlik oila qurgan. O‘tgan ko‘p yillar davomida aktrisa turmush o‘rtog‘iga nisbatan ko‘proq filmlarda suratga tushgan. So‘nggi yillarda Maliniga xos odatiy rollaridan biri “Ota” bo‘lib, Hindistonning yosh beva ayollari holatini namoyon qilgan. U kartinada beva ayolning qaynonasini ijro etgan. Shuningdek, u o‘zining uchta filmini ham suratga olgan.

Foto: “biographe.ru”

Zinat Aman

Foto: “ledi.mail.ru”

“Abadiy muhabbat ertagi” va “Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari” filmidan so‘ng mashhurlikka erishgan Zinatning oilasini odatiy deb atash qiyin, u Germaniyada musulmon va hind oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidanoq oilasi ajralib, Zinat onasi bilan birga Mumbayga qaytgan. Birozdan so‘ng onasi boshqa kishiga turmushga chiqqan hamda u Zinatga juda mehribon ota bo‘lgan. Keyinchalik o‘rta maktabni tugatgan Zinat AQShga jurnalistikadan saboq olishga ketadi. Aktrisaning birinchi turmush o‘rtog‘i oilali aktyor bo‘lib, Zinat uning norasmiy ikkinchi xotini bo‘lishiga rozi bo‘lgan edi. Ammo turmush o‘rtog‘i va uning birinchi xotini tomonidan to‘xtovsiz kaltaklangan, hattoki o‘ng ko‘ziga ham jiddiy zarar yetgan. Bundan tashqari uning eri hamisha karyerasiga to‘sqinlik qilar va filmlardagi ikkinchi darajali rollar bilan kifoyalanishi kerak bo‘lgan.

Foto: “Domashniy ochag”

Ikkinchi turmush o‘rtog‘i − Majan Xon ham hamisha Zinatni kaltaklashni odat qilgan. O‘n ikki yillik turmushdan so‘ng aktrisa ikki farzand bo‘lsa-da, ajrashish uchun ariza bergan. Ammo sud jarayonida spirtli ichimlikni xush ko‘radigan Majan buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. Majanning qarindoshlari uning o‘limida Zinatni ayblab, uyiga bostirib kelgan. Uning kaltaklanishida o‘zining 11 yoshli o‘g‘li Azanning ham ishtirok etishi aktrisani uzoq vaqt depressiyaga duchor qilgan. Shundan so‘ng aktrisa hech kim kutmagan qadamni tashlagan. Jurnalist sifatida o‘zining dahshatli nikohidan hikoya qilgan. Yana o‘n yillik harakatsizlikdan so‘ng Zinat yana kino olamiga qaytdi. Vaqt o‘tib, uning voyaga yetgan o‘g‘li Azan onasidan kechirim ham so‘ragan.

Dimpl Kapadiya

Foto: “Yandeks Dzen”

Aynan Bobbi roli yosh aktrisaga katta shuhrat va Bollivudning nufuzli mukofotini olib kelgan. Biroq aynan shu shon-sharaf uning karyerasiga nuqta qo‘ygan, desa ham bo‘ladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shundan so‘ng aktrisa taniqli aktyor Rajesh Xanna e’tiborini tortgan va uning talabiga binoan suratga tushish ishlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan. Oradan 11 yil o‘tib, Kapadiya va Rajesh ajrashgan. Aktrisa esa yana ekranlarga qaytgan. Aktrisaning ikki nafar qizi bor, ular garchi onasi kabi mashhurlikka erishmagan bo‘lsa-da, aktrisalik yo‘lini tanlagan.

Foto: “Domashniy ochag”

От qwert.uz