Shou-biznes vakillarining hammasi ham mashhur bo‘lish uchun shaxsiy hayot va oilaviy munosabatlardan kechavermaydi. Ularning orasida yulduz bo‘lishni chetga surib, o‘zini oilasi va farzandlariga bag‘ishlaganlar ham yo‘q emas  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Megan Markl

Foto: Woman’s Day

Shahzoda Garri bo‘lajak rafiqasini ilk bor “Fors-major” serialini tomosha qilganida ko‘rgan. Aktrisalik faoliyati bilan shug‘ullangan Megan shahzoda bilan munosabatda bo‘lish uchun karyerasiga nuqta qo‘ygan. Ammo ayni vaqtda shou-biznesga qaytish niyati yo‘q emas. U Disney bilan hamkorlikda yangi loyihada ishtirok etgan va taomlar tayyorlash haqidagi kitob chiqarishni rejalashtirgan.

Greys Kelli

Foto: Woman’s Day

Zamonasining eng mashhur aktrisalaridan bo‘lgan Greys turmush o‘rtog‘i, Monako knyazi Renye III sabab kinoni tark etgan. Knyaginya bo‘lish ozmuncha vaqt va kuch talab qilmagani sabab u turmush qurganidan keyin rejissorlardan kelgan takliflarni rad eta boshlagan. Greys uch farzandni dunyoga keltirgan.

Jizel Byudxen

Foto: Woman’s Day

Oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni istagani sabab dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan modellaridan biri bo‘lgan Jizel karyerasidan voz kechgan. U o‘zini turmush o‘rtog‘i Tom Bredi va ikki nafar farzandi tarbiyasiga bag‘ishlagan.

Alsu

Foto: Woman’s Day

Alsuning turmush o‘rtog‘i Yan Abramovich rafiqasini sahnani tark etishga majburlamagan. Xonandaning o‘zi farzandli bo‘lganidan keyin kam ko‘rinish bera boshlagan. U intervyularidan birida bir vaqtning o‘zida yaxshi ona bo‘lish va xizmat safarlariga borishni eplash qiyinligini ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, u bugungi kunda ijod bilan o‘zi va maroqlanishi uchungina shug‘ullanadi. U taklif qilingan teleko‘rsatuvlarni farzandlari tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lish uchun qoldirishi mumkinligini aytadi.

Kameron Dias

Foto: Woman’s Day

2015-yilda musiqachi Benji Medden bilan turmush qurgan aktrisa shundan keyin ijod bilan shug‘ullanmay qo‘ygan. Oilasiga o‘zini bag‘ishlagan aktrisa hali-hamon suratga olish maydonchalariga qaytish niyati yo‘q. U nima uchun 40 yoshgacha turmushga chiqmagani sababini erini avvalroq uchratmagani va yigit bilan turmush o‘rtoq o‘rtasida farq katta ekanini ta’kidlaydi. Kameron 2018-yilda ona bo‘lgan va farzandiga vaqt ajratish muhim deb biladi. U hayotining ma’nosini kinoda emas, qizida ko‘radi.

Jessika Alba

Foto: Woman’s Day

Eng chiroyli va mahoratli aktrisalardan biri hisoblangan Jessika Alba turmush o‘rtog‘i va oilasi sabab avvalgidek faol bo‘lmay qolgan. U haligacha kinoda suratga tushishi mumkin, lekin katta loyihalarda ishtirok etishdan bosh tortadi.

Yeva Mendes

Foto: Woman’s Day

Gollivudning eng yetakchi aktrisalaridan biri hisoblangan Yeva ham to‘satdan karyerasiga nuqta qo‘ygan. Uni hatto “Oskar” taqdirlash marosimida ham uchratib bo‘lmaydi. Bunga sabab esa Yeva o‘zini oilasiga bag‘ishlagan. U ijodiy marosim o‘rniga qizlari bilan o‘ynashni afzal ko‘radi.

Jennifer Garner

Foto: Woman’s Day

Jennifer Ben Afflekka turmushga chiqqanidan keyin ijoddan chekingan. U turmush o‘rtog‘i suratga tushayotgan bir vaqtda oilasi va uyi bilan mashg‘ul bo‘lishni afzal bilgan. Uch farzand dunyoga kelganidan keyin u Afflek bilan ajrashgan. Bunga aktyorning xiyonati sabab bo‘lgan.

От qwert.uz