Farer orollarida arxipelagning ikkita yirik orolini bog‘lovchi Estroyartunnlinn tunneli qurilishining asosiy bosqichi yakunlandi. Mazkur tunnelning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z ichiga Atlantika okeani tubida qurilgan dunyodagi birinchi aylanma yo‘l shaklidagi bog‘lanmani olgan. Bu haqda Meduza xabar berdi

Foto: Twitter / @_marogvi

Farer orollari — 18 ta oroldan tashkil topgan arxipelag. Bitta oroldan tashqari barchasida odam yashaydi, shu sababli ular orasidagi transport qatnovi mintaqa uchun juda muhim hisoblanadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     2002-yilda Farer orollarida uzunligi 4,9 kilometr bo‘lgan birinchi suvosti tunneli ishga tushirilgan, u arxipelagning asosiy oroli Streymoyni Vagar oroli bilan bog‘lagan. To‘rt yildan keyin Esturoy va Bordoy orollarini o‘rtasida uzunligi 6,2 kilometr bo‘lgan ikkinchi suvosti tunneli ochilgan.

Esturoyartunnlinnning qurilishi 2017-yilda boshlangan. U Streymoy orolini Esturoy orolining ikkita qismi bilan bog‘laydi. Shu tariqa, tunnel birdaniga uchta alohida yo‘ldan tashkil topgan. Ular Atlantika okeani sathidan 180 metr chuqurlikda joylashgan aylanma yo‘l shaklidagi bog‘lanma yordamida birlashadi.

Foto: Twitter / @_marogvi

2020-yilning noyabr oyi oxirida tunnelning ichki ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Haykallar va moviy rangdagi maxsus yoritish tizimidan iborat badiiy bezash ishlari farerlik rassom Trondur Patursson tomonidan amalga oshirilgan.

Esturiyartunnlinnning umumiy uzunligi 11,2 kilometrni tashkil qiladi. Ishga tushirilganidan keyin mazkur obyekt uzunligi bo‘yicha Norvegiyadagi Rifast tunnelidan keyin suv ostida qurilgan dunyodagi ikkinchi tunnel bo‘ladi.

Dastlab tunnelning ishga tushishi 2021-yilning birinchi oylariga mo‘ljallangandi. Biroq rasmiylar tunnelni muddatidan oldin — 19-dekabrda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Tunnel tufayli Esturoydagi qishloqlar aholisining Farer orollarining asosiy shahri Torsxavnagacha bo‘lgan yo‘li 55 kilometrdan 17 kilometrga qisqaradi.

От qwert.uz