Britaniyalik superjosus Jeyms Bond haqida 1962-yilda suratga olingan “Doktor Nou” filmida Shon Konneri gavdalantirgan bosh qahramonga tegishli pistolet auksion orqali 256 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Nepascene

Julien’s Auctions auksion uyining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, lot 150-200 ming dollar oralig‘ida baholangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Gap Walther PP pistoleti haqida ketmoqda. Franshiza muxlislarining ko‘pchiligi Jeyms Bond Beretta’ni Walther PP’ga aynan “Doktor Nou” filmida almashtirganini yaxshi biladi, chunki Mi-6’dagilar Beretta unga yana bir bor pand berishi mumkin deb hisoblagan. Shundan buyon Walther josusning asosiy quroli bo‘lib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni shotlandiyalik aktyor va prodyuser Shon Konneri 90 yoshida vafot etgan edi.

От qwert.uz