Xitoy janubi-g‘arbidagi Chendu shahrida mutaxassislar tomonidan “sun’iy quyosh” deya ta’riflangan yangi avlod HL-2M termoyadroviy qurilmasi ishga tushirildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Sinxua”

“HL-2M’ning foydalanishga topshirilishi Xitoyning boshqariluvchan yadroviy sintez sohasida dunyoda yetakchiga aylanayotganini bildiradi”, — deyiladi xabarda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Sun’iy quyosh” yordamida ekologik toza energiyani o‘rganishda foydalaniladi. Tokamak (magnit g‘altakka ega toroidal kamera) shinasimon vakuum kamera ko‘rinishida bo‘lib, magnit maydoni yordamida qizigan plazma aylanadi. HL-2M yoqilg‘i sifatida tritiy va deyteriyning ionlaridan foydalanadi. Ular plazmani qo‘lga kiritish va boshqariluvchan yadroviy sintezni amalga oshirish uchun qurilmaga kiritiladi.

Foto: “Sinxua”

Termoyadroviy texnologiyalar instituti direktori Syuy Minning ma’lum qilishicha, HL-2M asosiy parametlari bo‘yicha muqobil mahalliy qurilmalarni ortda qoldiradi. O‘lchami jihatidan u HL-2A, HL-2M’dan ancha ixcham. Fiziklar uning ichidagi plazmani Selsiy bo‘yicha 150 million darajaga qadar yetazgan, bu HL-2A’da kuzatilganidan uch barobar ko‘proq.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar plazmaning yaxshilangan rejimini 10 soniyada davomida ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Taqqoslash uchun, dunyoning boshqa davlatlaridagi shu kabi loyihalarda ushbu ko‘rsatkich bir soniyadan kamroqni tashkil etadi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, HL-2M doirasidagi tadqiqotlar Xalqaro termoyadroviy eksperimental reaktor loyihasining muhim tayanchi hisoblanadi.

От qwert.uz