Yaponiya rasmiylari mamlakatda tug‘ilishlar sonini oshirish uchun sun’iy intellektdan yordam olishga qaror qildi. Gap yaponlarga oila qurishga yordam beradigan juft tanlash xizmatlari haqida ketmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: BBC

Bunday dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydigan hududlar rasmiylari 2021-yildan boshlab subsidiya oladi. Bu maqsadlar uchun 2 milliard yena (19 million dollar) ajratish rejalashtirilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ta’kidlanishicha, juft tanlash bo‘yicha ko‘plab xizmatlar sun’iy intellektni jalb qilmoqda. Ular sun’iy intellekt o‘z sevgilisini topish istagidagi mijozlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Mavjud tizimlardan ba’zilari faqat yosh va daromad darajasi kabi mezonlarni tahlil qila oladi va aniq moslik holatida natija bera oladi. Qo‘shimcha mablag‘lar xobbi, qadriyatlar va odatlar kabi omillarni hisobga oladigan yanada zamonaviy tizimlarni yaratish uchun ajratilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichi 128 million kishini tashkil qiladigan Yaponiya aholisining soni yuz yillikning oxiriga borib 53 million kishiga tushishi mumkin. 2019-yilda tug‘ilishlar soni rekord darajada past bo‘lgan: bir yilda 865 ming bola tug‘ilgan.

От qwert.uz