Forbes jurnali dunyodagi eng nufuzli 100 nafar ayol reytingini e’lon qildi. Hisob bo‘yicha bu jurnal tomonidan har yili e’lon qilinadigan 17-reyting bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Kamala Harris, AQShning bo‘lajak vitse-prezidenti

Foto: “Vedomosti”

Reytingda birinchi o‘rinni qatorasiga o‘ninchi yil Germaniya kansleri Angela Merkel egalladi. Ikkinchi qatordan 2019-yildagi kabi Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard joy oldi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Forbes uchinchi o‘rinni AQShning bo‘lajak vitse-prezidenti Kamala Harrisga berdi. U mazkur reytingga birinchi marta kiritildi.

Reytingda Rossiyaning yagona vakili qatorasiga uchinchi yil Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina bo‘lmoqda. U reytingda 57-o‘rinni egalladi, 2019-yildagi reytingda Nabiullina 53-o‘rinda, 2018-yilda esa 49-o‘rinda bo‘lgan.

Yangi reytingga 17 nafar yangi ishtirokchi kiritilgan. “Bu ayollar koronavirus pandemiyasi sharoitida jamiyat hayotining barcha sohasida rahbarlik qilayotganini ko‘rsatadi”, — deya ta’kidlagan nashr.

Reytingga yangi kiritilganlar qatoridan AQShning 40 ta shtatidagi 7 mingta dorixona tarmog‘ini boshqaradigan CVS Health kompaniyasi vitse-prezidenti Karen Linch o‘rin olgan. Mazkur ayol 2021-yilda kompaniyada COVID-19’ga qarshi vaksina bilan bog‘liq masalalar uchun mas’ul bo‘ladi.

От qwert.uz