“Earth Photo” – Xalqaro Yer suratlari tanlovi 2020-yil g‘oliblarini aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

2020-yilda tanlovning mutlaq g‘olibi sifatida Jonk taxallusi bilan ijod qiluvchi fotosuratchi taqdirlandi. Qirollik geografik jamiyati direktori Jo Smitning so‘zlariga ko‘ra, bunday suratlar insoniyat sivilizatsiyasini sabr bilan qabul qilayotgan tabiat kuchlariga bo‘lgan umidni aks ettirgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Earth Photo

Foto: Earth Photo

Foto: Earth Photo

“O‘zgaruvchan o‘rmon” nominatsiyasi g‘olibi Charlz Kselotning o‘rmon yong‘inidan ikki yil o‘tib olingan daraxt surati bo‘ldi.

Foto: Earth Photo

“Iqlim o‘zgarishi” nominatsiyasi g‘olibi Jo Xabbaning suratida Venetsiyaga toshqin vaqtida kelgan sayyoh aks etgan.

Foto: Earth Photo

“Tabiat” nominatsiyasi sovrindori britaniyalik suratkash I Sun Ispaniyaning Aragon shahrini 900 metr balandlikdan suratga olgan. Shuningdek, ushbu mintaqa hozirda qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rmoqda.

Foto: Earth Photo

“Odamlar” nominatsiyasida Yanjun Go Xitoyning Dalyan tog‘laridan olgan surati g‘olib bo‘ldi. Suratdagi odam go‘yoki tabiat bilan uyg‘unlashib, uning bir qismiga aylanib qolganga o‘xshaydi.

Foto: Earth Photo

От qwert.uz