Eshmat «Ishkal» «Ishdagi ishq» ni ishxonada koʼrib, ishsiz qoldi.
Muxabbat muxlislar muxabbatini mensimay muxlissiz qoldi.
Sevinch semirib ketgandan keyin, sevgilisi tashlab ketdi.
Kim oshiqlar mardi,
Oshiyondir ishq dardi.
Shoyim shilqim shilqimlik qilaverib, shilqillab qoldi.
Uchqun uchrashuvga uchib bordi.
Ravshan Ruxshonani Rashiddan rashk qilganiga, Rashidani gʼashi keldi.
Bevaʼfodan vaʼfo kutsang, jaʼfo keladi.
Saodat sadoqatini saqlab qoldi.
Yormat yor-yorni eshitib — yorini entikibgina esladi,
Yori esa, yor-yorni eshitib — erinibgina esnadi.
Yaqinda yana Yaminni yarasi yangilandi.
Oshiqlar qoʼshiqlarni eshitib, oshiyonlariga oshiqdilar.
«Yurganniki» emas, yugurganniki,
«Yugurganniki» emas, ulgurganniki,
«Ulgurganniki» emas, buyurganniki!
Maktuba maktabda ishqiy maktublarga ishonmasdi.
Ishqiy sarguzashtni — gashti bor.
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF