Gollivud aktrisasi Keyt Uinsletning Nyu-York markazida joylashgan ikki qavatli pentxausiga sayohat (foto)
G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, Keyt Uinslet Nyu-York markazida joylashgan ikki qavatli pentxausini sotuvga qo‘ygan, deb yozadi Glamour. Aktrisa ushbu xonadonni 2004-yilda sotib olgan va hanuzgacha oyiga 20 ooo dollarga ijaraga berayotgan edi. Aktrisa ushbu ikki qavatli pentxausni 5,7 million dollarga sotishni rejalashtirmoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Glamour
280 kvadrat metrli xonadonning ichki qismi minimal skandinaviya uslubida bo‘lib, tabiiy materiallar, asosan, yog‘och bilan bezatilgan.

Foto: Glamour

Foto: Glamour
Birinchi qavatda kaminli ulkan mehmonxona mavjud bo‘lib, u oshxona bilan yonma-yon joylashgan.

Foto: Glamour
Qordek oppoq devor, baland shift, mebel va boshqa jihozlar uyning yorug‘lik va kengligini yanada oshirgan.

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Foto: Glamour
Shuningdek, ushbu qavatda uchta yotoq xona, shu jumladan, kiyinish xonasi va uchta hammom ham joy olgan.

Foto: Glamour

Foto: Glamour
Ikkinchi qavatda esa hammom bilan yonma-yon holda kichik yotoqxona joylashgan.

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Foto: Glamour
Hududning qolgan qismini esa ulkan terrasa egallagan bo‘lib, bu yerda shahar markazining boshni aylantirgulik manzarasini tomosha qilish mumkin.

Foto: Glamour