Blefaroplastika – ko‘z qovoqlari jarrohlik amaliyoti haqida nimalarni bilish kerak?

Blefaroplastika – so‘nggi yillarda zamonaviy plastik jarrohlik va kosmetologiya eng mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu orqali pastki va yuqori ko‘z qovoqlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarini yoki tug‘ma nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday jarayonda teriga tig‘ tekkizish shart emas  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Cosmopolitan

Blefaroplastikaning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ular asosiy ikki guruhga bo‘linadi: operatsiya yo‘li bilan va jarrohliksiz.

Jarrohliksiz amalga oshiralidagin blefaroplastika ham tejamkor, ham kam shikast yetkazadi. O‘z navbatida u ham inyeksiyali yoki usiz ham amalga oshiriladi. Ukolsiz blefaroplastikaning barcha turlari terining yuqori qatlami hujayralarini yangilashga va chuqur qatlamni qisman yo‘q qilishga qaratilgan. Ko‘z qovoqlarining terisi tortilib, yo‘q qilingan hujayralar kollagen va elastin bilan almashtiriladi. Ushbu turdagi blefaroplastika ta’sir qilish turiga qarab bo‘linadi. Issiq, elektr toki yoki lazer ta’sirida ham bo‘lishi mumkin. Ammo natija hammada bir xil bo‘ladi: Terining sirtki qatlamini yangilash va ichki qatlamini qisman yo‘q qilish, shunda ular biriktiruvchi to‘qima bilan almashtiriladi va qalinlashadi.

Ukol yordamida blefaroplastika ko‘z qovoqlari terisini oziqlantirishga qaratilgan. Bular terini namlaydigan vitamin, gialurin kislotasi, mushaklarni yumshatuvchi va silliqlashtiruvchi botoks inyeksiyalari bo‘lishi mumkin. Lipolitik dori ta’sirida ko‘z qovoqlari hududidagi yog‘ birikmalari yo‘q qilinadi.

Foto: Cosmopolitan

Blefaroplastika jarrohligi

Bu jarayonda jarrohlik texnologiyalari operatsiyani minimal aralashuv bilan bajarishga yordam beradi, bu esa terini kamroq shikastlantiradi. Shuningdek, zamonaviy texnika operatsiyani qonsiz amalga oshirishga va chandiq qoldirmaslikka imkon beradi. Shu bilan birga mutaxassis terini juda tez tuzalishiga yordam beradi. Operatsion holat jarrohliksiz amalga oshiriladigan muolajaga qaraganda uzoqroq ta’sirga ega. U taxminan 10 yil davom etadi.

Blefaroplastikaga qarshi ko‘rsatmalar

Blefaroplastika har qanday yoshda ham amalga oshirilishi mumkin, ammo bunga ehtiyoj ko‘pincha 35 yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga chandiqni davolashga xalaqit beradigan kasalliklar kiradi. Agar mijozda qandli diabet, saraton paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, blefaroplastikani amalga oshirish mumkin emas.

Reabilitatsiya davri

Blefaroplastikadan so‘ng tiklanish an’anaviy kosmetik muolajalardan uzoq davom etmaydi. Agar ko‘z atrofida shish, ko‘karish bo‘lsa, operatsiyadan keyingi yetti kun ichida yo‘qoladi va o‘ninchi kundan boshlab kosmetik vositalardan foydalanish mumkin.