Tibbiyot yutuqlari yoshlikni uzaytirish, 30 yoshgacha bo‘lgan holatni iloji boricha ko‘proq ushlab qolishga yordam bermoqda. Oradan yana o‘n yil o‘tib, terining elastiklik, navqironligini saqlash, teri qarishining oldini olish uchun mutaxassislar ko‘rsatmasiga amal qilish kerak. Buning uchun tarkibida tabiiy kollagen, elastin va gialuron kislotasi mavjud bo‘lgan maxsus 5 ta mahsulotdan foydalanish tavsiya etiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy ochag”

Retinoid zardobi

Muntazam ravishda qo‘llanishi kerak bo‘lgan retinol kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, husnbuzar va dog‘larga qarshi kurashadi. Shuningdek, retinolni o‘z ichiga olgan mahsulotlar juda nozik va chuqur joylashgan ajinlarni yashirish qobiliyatiga ham ega.

Yuzni namlantiruvchi sovun

Ayol kishida o‘ttiz yoshdan so‘ng terining tabiiy himoya qatlami zaiflasha boshlaydi va tozalovchi vositalar ham qo‘shimcha ravishda kuchsizlantiradi. Shuning uchun dermotologlar yuzni yuvishda ko‘proq namlantiruvchi sovundan foydalanishni maslahat beradi.

Kundalik SPF namlantiruvchi krem

Terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish xuddi tish yoki yuz yuvish kabi odatga aylanishi kerak. Buning eng samarali usuli SPF namlantiruvchi kremlari bo‘lib, uni erta tongdan yuz terisiga surish kerak. So‘ngra kun davomida teri xavfsizligi haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi.

C vitaminli namlantiruvchi vositalar

C vitamini terini erkin radikallardan himoya qilish va qarishga qarshi samarali kurashishda yordam beradigan eng yaxshi antioksidantdir. C vitamini, avvalo, erkin radikallarni zararsizlantiradi, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali teri tuzilishining tiklanishiga hissa qo‘shadi.

Tana uchun mo‘ljallangan namlantiruvchi kremlar

Har qanday teri 30 yildan so‘ng suyuqlik muvozanatini avvalgidek ushlab turish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu nafaqat yuz terisiga, balki butun badanga tegishli. Shuning uchun, maxsus losion yoki butun tana uchun mo‘ljallangan namlantiruvchi kremlardan muntazam foydalanish har bir ayolning odatiy yumushiga aylanishi kerak.

От qwert.uz