Burun oqishi, harorat ko‘tarilishi, terlash kabi simptomlar kasallik boshlanayotganidan darak beradi. Organizmdagi bu kabi alomatlar kishini holdan toydiradi, xolsiz bo‘lishi va kuchsizlanishiga olib keladi. Ratsionning to‘g‘ri bo‘lishi va foydali mahsulotlardan iborat taomlarni iste’mol qilish esa kasallikning oldini olishda ahamiyatli bo‘lgan immunitetni mustahkamlash va uyquning me’yorda bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Freepik

Moychechakli choy

Moychechakli choy organizmni antibakterial faolligini jadallashtiradi, immunitetni himoya qiladi va uyquni yaxshilaydi. Tadqiqotlardan birida, ona bo‘lgan ayollarning bir necha hafta davomida moychechakli choy iste’mol qilganidan keyin ahvoli yaxshilangani ma’lum bo‘lgan. Ushbu choyni nafaqat issiq, balki sovuq holda ham ichish mumkin. Shuningdek, undan smuzi va suli yormasidan bo‘tqa tayyorlash uchun ham foydalansa bo‘ladi.

Kurkuma

Yallig‘lanishga qarshi samarador bo‘lgan kurkumin, immun hujayralari faolligini oshiradi va antitananing xususiyatini ham oshiradi. Foydasini oshirish uchun esa uni qora murch bilan qo‘shish tavsiya qilinadi. Ushbu aralashmani smuzi, sho‘rva va sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlarga qo‘shishingiz mumkin.

Quritilgan olcha

Antioksidantlarning koni hisoblangan quritilgan olcha yuqori nafas yo‘llaridagi kasallik bilan bog‘liq simptomlarni bartaraf etadi, immun tizimini mustahkamlaydi. Tarkibidagi melatonin sabab tiniqib uxlash ta’minlanadi. Kishi tiniqib uxlaganidan keyin virus yuqishi va kasallikka chalinish ehtimoli kamayadi.

Yong‘oq

Eng yaxshi yallig‘lanishga qarshi mahsulotlardan biri bo‘lgan yong‘oq immun tizimini mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydigan oziqa moddalari, xususan, E vitamin va B6 mo‘l bo‘ladi. Stressning nazorat qilinmasligi immunitetga ta’sir qiladi, yong‘oq esa stressni kamaytiradi. Yong‘oq va quritilgan olcha esa nonushta uchun ayni muddao.

Zaytun yog‘i

Antibakterial xususiyatga ega bo‘lgan zaytun yog‘i ko‘plab yallig‘lanish jarayonlari, qandli diabet, ichaklar kasalligi va semirib ketishni oldini oladi. Samaraga erishish uchun salatga zaytun yog‘i qo‘shish kifoya qilinadi.

От qwert.uz