Ushbu shirinlikni uyda tayyorlashingiz mumkinligi sabab, sifatiga shubha qilmasangiz va farzandlaringizga bemalol ilinsangiz ham bo‘ladi. Shokoladli apelsin bilan yangi yil dasturxonini bezashingiz ham mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Domashniy Ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • Apelsin — 1 kg
  • Shakar — 1 kg
  • Tuz — 5 choy qoshiq
  • Suv — 0,5 l
  • Dolchin (koritsa) — 1-2 dona
  • Arpabodiyon (yulduzcha ko‘rinishidagi ziravor) — 1-3 dona
  • Kardomon
  • Limon kislotasi — 5 gr
  • Qora shokolad — 200 gr

Tayyorlanish jarayoni:

  • Apelsinlarni yaxshilab yuvib tozalagandan keyin 5-7 mm qalinlikda kesib chiqing;
  • Bo‘laklarni idishga solib ustidan sovuq suv quying va 10 daqiqa qaynating;
  • Idishga yana sovuq suv qo‘shing va tuzning yarmini solib past olovda 10 daqiqa qaynating;
  • Suvga shakar qo‘shib sirop tayyorlab oling;
  • Siropga ziravorlar keyin esa apelsinni qo‘shing;
  • Past olovda taxminan 1,5-2 soat davomida qaynatib oling;
  • Limon kislotasi qo‘shinga va yana 15 daqiqa qaynating;
  • Tayyor bo‘lgan apelsinlarni qandolat qog‘ozi ustida quritib oling;
  • Jarayonni tezlashtirish uchun 40 daraja qizigan pechda ham quritish mumkin;
  • Qaynagan suvli idish ustiga boshqa bir idish qo‘yib shokoladni eritib oling;
  • Erigan shokoladga apelsinlarni botirib oling.

Shokoladli apelsinlar tayyor, yoqimli ishtaha!

От qwert.uz