Shakar organizm va qomat uchun zararli hisoblanadi, yurak qon-tomir tizimiga ta’sir qiladi, terining qarishini tezlashtiradi va vazn to‘plashga sabab bo‘ladi. Ammo bu shakarning istalgan ko‘rinishidan voz kechish kerakligini bildirmaydi. Shunchaki me’yorni bilish va uni foydali mahsulotlar orqali iste’mol qilish kerak  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Harper’s Bazaar

Holva

Yong‘oq va pistalar qo‘shib tayyorlanadigan holvada hazm tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan kletchatka va foydali yog‘lar miqdori ko‘p bo‘ladi. Ammo yong‘oq ham holva ham kaloriyaga boy bo‘lishini yoddan chiqarmaslik va ozmoqchi bo‘lganlarga me’yoridan ortiq iste’mol qilib yubormaslik tavsiya qilinadi.

Mevalar

Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgani bilan mevalar desert va tortlardan ko‘ra organizm uchun foydaliroq. Tarkibida qorinni tez to‘ydiradigan kletchatka mo‘l ekani sabab ham ortiqcha ovqatlanib yubormaslikni ta’minlaydi. Mango, banan va uzumda, ayniqsa, shakar ko‘p bo‘lgani sabab ham ozmoqchi bo‘lgan va qandli diabeti borlarga ushbu mevalardan tiyilish tavsiya qilinadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Quritilgan mevalar

Sarxil mevalardan farqli ravishda quritilgan mevalar tarkibida suv bo‘lmaydi va aynan shu sabab ham vitaminlar konsentratsiyasi, shuningdek, shakar miqdori ham ko‘proq bo‘ladi. Yetarlicha kaloriyaga ega ekani sabab esa me’yorda yeyishga amal qilish kerak. Shirin tamaddi uchun esa quritilgan mevalardan yaxshisi bo‘lmaydi.

Qora shokolad

Oqidan farqli ravishda qora shokolad organizm uchun foydali. Sifatli shokoladda organizmni polito‘yingan kislotalar bilan to‘yintiradigan, qondagi qand miqdorini tushirish xususiyatiga ega bo‘lgan kakao yog‘i bo‘ladi. Xariddan avval tarkibida kakao 70 foizdan kam bo‘lmasligiga e’tibor qarating.

Arab xurmosi

Tarkibida В1, В2, А, С, В6 vitaminlari, temir va magniy minerallari mavjud bo‘lgan arab xurmosi immunitetni mustahkamlaydi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va qon bosimini me’yorlashtiradi. Ammo uning 100 grammida 200 kaloriya bo‘lgani sabab ortiqcha iste’mol qilib yubormaslik tavsiya qilinadi.

От qwert.uz