Yangi yil kayfiyatini ulashuvchi mandarinli keks retsepti

Yangi yil bayramini mandarinsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mandarin qo‘shib tayyorlanadigan shirinlik bo‘lsa, yana yaxshi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Lifehacker

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Mandarin 3-4 dona
  • Sariyog‘— 130 gr
  • Shakar — 150 gr
  • O‘simlik yog‘i —30 ml
  • Tuxum 3 dona
  • Tuz
  • Un — 1 osh qoshiq
  • Razrixlitel — 1 chimdim

Bezak uchun:

  • Shokolad
  • Mandarin

Tayyorlanish jarayoni:

  • Mandarinni siqib 100 ml sharbat holiga keltiring, po‘stlog‘ini qirg‘ichdan chiqaring.
  • Yumshagan sariyog‘ga shakar qo‘shib, mikserda aralashtiring.
  • Aralashtirishda davom eting va o‘simlik yog‘i keyinroq esa tuxum qo‘shing.
  • Mandarin sharbatini qo‘shing.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan po‘stloq, tuz va razrixlitel soling.
  • Unni oz-ozdan aralashtirishdan to‘xtamay qo‘shing.
  • Maxsus, chetlariga yog‘ surtilgan idishga aralashmani solib, 170 daraja qizigan pechga 45 daqiqaga qo‘ying.
  • Shokoladni eritib oling va keks ustidan quying.
  • Mandarin bo‘laklari bilan bezak bering.

Yoqimli ishtaha!