Ushbu shirinlik nafaqat oddiy kun uchun, balki bayram dasturxoni uchun ham ayni muddao  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Food Time

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Un — 150 gr
  • Sariyog‘ — 100 gr
  • Tuxum — 3-4 dona
  • Suv — 250 ml
  • Shakar — 0,5 qoshiq
  • Tuz — bir chimdim
  • Quyiltirilgan sut (sgushennoye) — 250 gr

Tayyorlanish jarayoni:

  • Suv va sariyog‘ solingan idishni o‘rtacha olovga qo‘ying,
  • Shakar va tuz qo‘shing, sariyog‘ eriganidan keyin olovdan oling,
  • Un qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
  • Past olovga qo‘ying va aralashtirishda davom eting.
  • Olovni o‘chiring va tuxum qo‘shib aralashtiring, shu tarzda yana ikkita tuxum qo‘shing.
  • To‘rtinchi tuxumni boshqa bir idishga chaqib, sanchqi bilan aralashtiring hamda oz-ozdan aralashmaga qo‘shing.
  • Patnisga qandolat qog‘ozi soling va aralashmani krem siqib chiqaradigan maxsus qandolat qopchasiga soling.
  • Diametrini 1,5 sm qalinlikda, orasidan 3 sm joy qoldirib quyib chiqing,
  • 180 daraja qizigan pechda, 20 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Keyin 160 daraja olovda yana 10 daqiqa pishiring.
  • Krem tayyorlash uchun 300 gramm sariyog‘ga quyiltirilgan sut qo‘shib, mikserda aralashtiring.
  • Pishgan ekler ustiga krem surtib, boshqa bir ekler bilan yoping va qolgan krem bilan bezating.
  • Ustini shokolad va mevalar bilan bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz