Yaponiyalik olimlar Ryugu asteroididan olingan tuproqni namoyish etdi

Yaponiyaning Aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) mutaxassislari 15-dekabr kuni Ryugu asteroididan olingan tuproq namunalari joylangan kapsulani ochdi. Kapsula Yerga “Xayabusa-2” sayyoralararo stansiya tomonidan yetkazilgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: JAXA

Agentlik tomonidan ma’lum qilinishicha, “Xayabusa-2” 2019-yilning fevral oyida asteroidga birinchi qo‘nishi vaqtida mazkur namunalarni yig‘gan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Xayabusa-2” sayyoralararo stansiya 2014-yilda Yer atrofidagi Ryugu asteroidiga uchirilgan. 2018-yilning iyun oyida apparat asteroidga juda yaqin kelgan, keyin esa bir necha oy davomida tuproqdan ikkita namuna olgan va qayta parvoz qilgan. 2020-yilning 5-dekabrida “Xayabusa-2” Yer atmosferasiga Ryugu asteroididan olingan tuproq namunalari joylangan kapsulani qo‘yib yubordi. Kapsula Avstraliya hududiga qo‘ndi.