90-yillarda mashhurlikka erishgan hind aktrisalarini hozirda ham kino olamida ko‘rish mumkin. Ammo unchalik ham omadi chopmagan mahoratli aktrisalarchi? Ularning ayrimlari o‘z faoliyatini to‘xtatgandir ham. Keling, ular o‘tgan asr oxirlarida qanday bo‘lgan-u, hozir qanday ko‘rinishda ekanini taqqoslab ko‘ramiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Yandeks Dzen”

Ravina Tandon

Foto: “Yandeks Dzen”

Ravina Tandon 1974-yil tug‘ilgan. 1991-yil “Tosh gullari” filmidagi ilk debyuti tufayli mukofotga sazovor bo‘lgan. 1995-yilda esa ikki qiz farzand asrab olgan. 2004-yilda turmushga chiqib, yana ikki farzandning onasiga aylangan.

Nilam Kotxare

Foto: “Yandeks Dzen”

Nilam Kotxare 1968-yil tavallud topgan, u model, zargar va dizaynerlik bilan shug‘ullanadi. Ilk bora ekranda paydo bo‘lganida uning yoshi 20 da bo‘lgan.

Shilpa Shetti

Foto: “Yandeks Dzen”

Shilpa Shetti 1975-yil tug‘ilgan. Uni hozirda tadbirkor, prodyuser, model va yozuvchi deb atash mumkin. 2009-yilda tadbirkor Raja Kundra bilan oila qurgan va 2020-yilda surrogat ona tufayli ularning oilasida qiz farzand dunyoga keldi.

Urmila Matondkar

Foto: “Yandeks Dzen”

1974-yilda tug‘ilgan Urmila teleboshlovchi va qo‘shiqchilik bilan shug‘ullanadi. 2016-yilda tadbirkor inson bilan turmush qurgan.

Sonali Bendre

Foto: “Yandeks Dzen”

1975-yilda tavallud topgan Sonalini model, raqqosa va teleboshlovchi sifatida tanish mumkin. 2000-yil rejissor Gordi Bexpai bilan oila qurgan. Bir nafar o‘g‘li bor Sonaliga 2018-yilda saratonning jiddiy bosqichi tashxisi qo‘yilgan. Aktrisa hozirda tiklanish bosqichidan o‘tmoqda.

Manisha Koyrala

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa 2004-yil Nyu-Yorkda rejissorlik diplomini olishga muvaffaq bo‘lgan. 2010-yilda tadbirkor bilan turmush qurib, 2 yildan so‘ng ajrashishga qaror qilgan. O‘sha yili aktrisada saraton kasalligi ham aniqlangan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Tvinkl Xanna

Foto: “Yandeks Dzen”

Rajesh Xanna va Dimpl Kapadiyaning qizi Tvinkl Xanna 1974-yil dunyoga kelgan. U “Yomg‘irli fasl” filmidagi roli uchun mukofotga sazovor deb topildi, shundan so‘ng karyerasini yakunladi. 2001-yil Akshay Kumarga turmushga chiqdi va ikki bolaning tarbiyasi bilan mashg‘ul.

Mamta Kulkarni

Foto: “Yandeks Dzen”

2012-yilga qadar aktrisa deyarli unutilgan edi. U o‘z intervyusida hech qachon turmush qurmagani va ma’naviy yo‘lni tanlaganini ma’lum qilgan.

Puja Bxatt 

Foto: “Yandeks Dzen”

Mashhur Alia Bxatt Pujaning singlisi, ular rejissor Maxesh Bxattning qizlari hisoblanadi. Aktrisa 1989-yil otasining filmida ilk debyutini ijro etgan. 2001-yildan keyin esa ekranlarda ko‘rinish bermagan.

Xushbu

Foto: “Yandeks Dzen”

U styuardessa sifatida butun Yevropa va Osiyo bo‘ylab sayohat qilgan. Aktrisa xayriya ishlari bilan birgalikda film va seriallar ham suratga oladi.

От qwert.uz