AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortayotgani sabab ko‘ngilochar muassasalarga yangi taqiqlar o‘rnatilmoqda. Biznesni shu kabi og‘ir vaziyatdan olib chiqish uchun Detroytda istiqomat qiluvchi kichik Terens Jekson “dunyodagi birinchi mobil bouiling”ni yaratdi, deb xabar beradi CARakoom.

Foto: CARakoom

Luxury Strike Bowling nomini olgan yangilik Ford F-450’ga o‘rnatilgan 16 metrlik yarim tirkamadan iborat  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     . Uning ichida har biri to‘pni avtomatik ravishda ortga qaytaruvchi va pinspotterli ikkita 7,5 metrga teng yo‘lak joylashgan. Bu ko‘pchilik o‘rgangan odatdagi bouling emas, shu sababli sharlar og‘irligi 1,3-1,8 kilogrammdan oshmaydi.

“Bunday narsa haqida hech qachon o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Bu shunchaki ajoyib”, — deydi o‘zining 35 yoshga to‘lganini do‘stlari bilan bouling o‘ynab nishonlagan Odri Vaskes.

Foto: CARakoom

Ma’lum qilinishicha, Luxury Strike Bowling birinchi bor Jekson tomonidan ikki yillar oldin, kechki bazmlar uchun avtobuslar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida o‘ylab topilgan. Biroq uni amalga oshirish g‘oyasiga pandemiya turtki bo‘lgan.

Jekson treylerni qurishni moliyalashtirish uchun barcha ko‘chmas mulkini sotgan. 300 ming dollardan ortiqroq mablag‘ sarflab, u o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Foto: CARakoom

Foto: CARakoom

“Uyga olib ketib bo‘lmaydigan yagona sport turi bu — bouling”, — deydi Jekson.

Startapi mashhurlikka erishgan Jekson ikkinchi treylerini qurishni boshlagan. Mobil bouling-klubning yana bir afzalligi u har kuni dezinfeksiya qilinadi.

Foto: CARakoom

От qwert.uz