Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarining bir guruhi dunyoning 30 dan ortiq davlati jurnalistlari qatorida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad Konya shahrida buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan an’anaviy “Shabi arus” marosimlarida ishtirok etish, diniy turizm taraqqiyoti, asriy yodgorliklar, qadamjolar bilan yaqindan tanishishdan iborat  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ana shunday safar tadbirlari doirasida jurnalistlar Turkiyaning Konya shahridan taxminan 50 kilometr uzoqlikda Tosh asrining megapolisi sifatida e’tirof etiluvchi Chatalho‘yuk majmuasiga bordi. Ayni vaqtda qurigan daryoning bo‘yida o‘troqlashishni boshlagan aholi o‘sha davrlarda bir-biriga yopishib ketgan deraza va eshiklarsiz, ammo tomdan kirish qismiga ega uylarda istiqomat qilgan. Dastavval mazkur hududda 10 ming kishi yashagan, boshqa yirikroq qishloqlarda aholi soni yuzdan oshiq bo‘lgan. Bugungi kunda qazilma ishlarini ko‘rish uchun sayyohlar ham tinimsiz tashrif buyurishadi.

Majmuaga kirish qismida dezinfeksiya vositalari taqdim etilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hudud sopolli Neolit va Eneolit davriga tegishli bo‘lib, janubiy Anatoliyaning Konya provinsiyasida joylashgan. U 2 alohida qo‘rg‘ondan iborat: Sharqiy qo‘rg‘on eramizgacha bo‘lgan 7100–5900-yillar, G‘arbiysi esa 6000–5600-yillarga to‘g‘ri keladi.

Chatalho‘yuk xaritasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Majmua tarkibida uylarning ichida topilgan replikalar: idishlar, buqa kalla suyaklari, haykalchalar, tumorlardan iborat kichik muzey bor. Mehmonlar ta’mirdan chiqarilgan uylarning ichiga kirishlari mumkin. Qazilmalarning janubiy va shimoliy nishabliklari tashrif uchun ochib qo‘yilgan. Yirik miqyosli qazilmalar, ko‘p asrlik uylarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganda nafaqat tarix qa’riga sayohat qilish, balki almashib turgan davrlar yukini his qilishingiz mumkin.

Namunaviy uylar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Chatal” so‘zi turk tilidan “sanchqi” deb tarjima qilinsa, “ho‘yuk” esa “tepalik” deyiladi. Neolit davridagi shaharning zamonaviy nomini britaniyalik arxeolog Jeyms Mellart o‘ylab topgan. O‘tgan asr o‘rtalarida aynan uning boshchiligidagi guruh ushbu hudud ostida ming yillik tarixga ega balandliklarni topgan. Aynan o‘sha tepaliklarga olib boruvchi yo‘llar kesishmasiga atab joy nomi o‘ylab topilgan.

Sharqiy – nisbatan yirik qo‘rg‘on tagida eramizgacha bo‘lgan 7400-yilda qurilishi boshlangan aholi punkti yashiringan edi. O‘sha vaqtda ko‘chmanchi hayot tarzini olib borgan aholi ilk qurilishga qo‘l urib, birinchi marta o‘troq hayot tarziga o‘tgan deyish mumkin. Ular yovvoyi hayvonlarni ov qilish bilan birga, echki va sigirlar boqish, yovvoyi o‘simliklarni terish, don-dun ekishni boshlagan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ilk shahar taxminan 1400 yil mavjud bo‘lgan. Yangi uylar eskilarining tomida qurilgani sabab ayni vaqtda olimlar tarixiy ketma-ketlikda uylarning yoshini aniqlash ustida ishlamoqda. Aholisi 10 ming kishiga yetgach Chatalho‘yuk Kichik Osiyoning eng yirik shahriga aylanib oladi. Eramizgacha bo‘lgan taxminan 6000-yilda hudud bo‘shab qolgan, aholi joyni Bronza davriga qadar tark etgan. Ammo xuddi o‘sha yuz yillikda G‘arbiy qismda yangi aholi punkti vujudga kelgan. U taxminan 4 asr yashagan.

Namunaviy uylardagi buqa kalla suyagi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qadimiy shahardagi uylarning qurilishi asalari uyasini yodga soladi. Ular bir-biriga yopishtirilib, zich holatda qurilgani uchun faqat tomdan kirish mumkin edi. Ichkarida 1-2 xona va don, suv saqlash uchun tor omborxona uchun joy ajratilgan. Oq devorli binolar ichida zina, uning ostida pechlar (tutun peshtoqdagi teshikdan chiqqan) bo‘lgan, platformaning tagidan ko‘tarilgan do‘ngliklar yotoq o‘rni sifatida ishlatilgan. Bunday o‘rinlarning devorlarida geometrik naqshlar yoki hayotiy lavhalar aks etgan freskalarni ko‘rish mumkin, bu xuddi krovat oldidagi devorga gilam ilishdek gap. Chatalho‘yukda qabriston bo‘lmagan. Vafot etganlarning tanasi oftobda quritilib, quzg‘unlar yeb ketishini kutishgan. Qoldiqlarini o‘rab, uylarning poli ostiga ko‘mishgan. Olimlar hozirgacha ham qabrlarni topishda davom etmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Binolarning zichligi va aholi sonining ko‘pligi chiqindilarni yo‘qotish muammosini keltirib chiqargan. Axlatxona va hojatxonalar uylar orasidagi bo‘sh, yopiq, devorlar tutashmasida uylar orasidagi bo‘shliqlarda tashkil etilgan. Olimlarning fikricha, u yerlardagi axlatlarning turib qolib, issiqda chirishidan turli infeksiyalar kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Yuqori o‘lim ko‘rsatkichining sabablaridan biri aynan kasalliklar bo‘lgan.

Chatalho‘yuk qazilmalarini topish ishlari 1965-yilda uzilib qolgan. O‘shanda Mellartning arxeologlari o‘g‘irlikda ayblanib, Turkiyada ishlashi taqiqlab qo‘yilgan. Ammo 1993-yilda qazilma ishlari yana davom etgan. Bu gal AQShning Stenford universiteti olimlari qazilmalarni olib borishni boshlagan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Majmuaga kirish qismida bir necha yillar avval Chatalho‘yuk uylarini ta’mirlash namunalari qo‘yildi. Sayyohlar uyga o‘yiqlar orqali kiradilar. Bu mehmonlarning qulayligi uchun amalga oshirilgan. Interyer asl holatdagi uylar kabu buqa kalla suyaklari, ayollar haykallari, freskalar nusxasi bilan bezalgan. Ularning orasida to‘g‘ri to‘rtburchakli uylar fonida turgan Hasan tog‘ vulqoni tasvirlangan manzara ham bor. Ayrim platformalarga hayvonlar terisi va bo‘yralar to‘shalgan, qadimiy idishlar nuxsasi ham mavjud. Qorong‘u omborchaga kirib tomosha ham qilish mumkin, u yerda ozuqalar saqlangan. Qazilmalar tufayli artefaktlar soni oshib bormoqda. Asl nusxalari Anqara va Konya shaharlaridagi muzeylarga yuborilsa, nusxalari mana shu uychalarga qo‘yiladi. Ular majmuaga kirish qismining chap tarafidan o‘rin olgan.

Uylarning orqa fonida avliyo onaning haykali ham mavjud.

Avliyo ona haykali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uni loy, marmar, ohaktosh va boshqa xom-ashyodan qilingan. Aholi sovib qolgan lavadan iborat mineral moddalarni Hasan tog‘dan olishgan va kamon nayzasi, oyna, pichoq hamda taqinchoqlar yasashgan. Mahsulotlar sotilgan yoki boshqa qabilalarda bor buyumlarga almashtirilgan. Bu yerning artefaktlarini Anqaradagi Anatoliya tamaddunlari muzeyida ham ko‘rish mumkin.

Qazilmalar 1993-yildan beri tinimsiz olib borilayotganiga qaramasdan, Chatalho‘yukning atigi 5% qismidan ko‘prog‘i ochilgan. Ammo shuning o‘zi ham hayratga yetaklaydi. Sayyohlar sharqiy tepalikdagi 2 ta qazilmani ko‘rishlari mumkin, g‘arbiy qazilma ommaga oshkor etilmagan.

Sharqiy tepalikning shimoliy qazilmasi Chatalho‘yukning yuqori qatlamini ochib bersa, janubiysi ko‘proq qatlamlarning quyi qavatiga yo‘nalgani sababli qazilmalar xuddi ko‘pqavatli quduqni yodga soladi. Ishlar statsionar chodirlarda olib boriladi, ular qadamjoni shamol hamda yog‘ingarchilikdan asraydi. Chodirlar buzilib ketmasligi uchun nozikroq devorlar bo‘yiga qumli qoplar joylashtirilgan. Chodirlarning ichki qismida bir nechta dahlizlarga ega yog‘och taxtalar mavjud. Ular obyektga yaqinroq borishga imkon beradi. Chodirlarga kirish qismi hamda ana shunday taxtalarda ma’lumotlar joylashtirilgan. Hududni 360 darajali tasvirda tomosha qilish mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

От qwert.uz