Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan otchoparda hosil bayramiga bag‘ishlangan uloq-ko‘pkari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Shohrux Kenjayev

Unda respublikaning barcha viloyatlari, shuningdek, qo‘shni Qirg‘izistondan kelgan mingga yaqin chavandoz ishtirok etdi. Otchoparda musobaqani kuzatib borganlar soni ham bir necha ming kishidan kam emas  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Shohrux Kenjayev

Uloqni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshlab berdi va yig‘ilganlarning olqishlari ostida chavandozlar bilan birga davra aylandi.

Foto: Shohrux Kenjayev

— Uloq-ko‘pkari mard yigitlarning mashg‘uloti, bunga ishqibozlikning ham o‘ziga yarasha gashti bor. Dalalarimizda hosil doimo mo‘l-ko‘l bo‘lsin, biz shunday tadbirlarni tashkillashdan charchamaylik, — dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Foto: Shohrux Kenjayev

Tashkilotchilar tomonidan sovringa tikilgan tuya, toy, buzoq, qo‘y-echki, televizor va boshqa qimmatbaho sovg‘alar uloqni belgilangan joygacha dadil ortmoqlab borganlarga taqdim etildi.

Foto: Shohrux Kenjayev

Tadbirni taniqli xonanda Toshpo‘lat Matkarimov uloq-ko‘pkari va chavandozlarga bag‘ishlangan qo‘shiqlari bilan qizdirdi.

От qwert.uz