Jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish aholi salomatligini ta’minlashda muhim omildir, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda 2021-yilda 70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingta bog‘cha va maktablarni sport jihozlari bilan ta’minlashga 100 milliard so‘m ajratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, barcha tuman markazlari va shaharlarda piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi. Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021-yilda qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi.

Sport haqida gapirganda, yana bir muhim vazifa oldimizda turganini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Yaqinda Osiyo olimpiya kengashi 2025 yilda Yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu mamlakatimizga ko‘rsatilgan katta ishonch, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Ayni vaqtda, buning mas’uliyati ham katta ekanini, o‘ylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz. Qit’amiz miqyosidagi ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

От qwert.uz