Har bir mamlakatning Yangi yil bilan bog‘liq turli qarashlari, odatlari va nishonlash usuli bor. Shunga qaramasdan hammani bir narsa: kelayotgan yilni omadli bo‘lishini istash, rejalar tuzish va mo‘jizaga ishonish birlashtirib turadi. Turli mamlakatlarning bir-biriga o‘xshamagan Yangi yil suratlari va ularning bayram bilan bog‘liq g‘aroyib odatlarini e’tiboringizga havola qilamiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Xitoyliklar Yangi yilni fevral oyida nishonlaydi

Foto: AdMe

Xitoyda Yangi yil bahor bayrami hisoblanadi. Uning boshlanishi oy fazalari bilan belgilanadi va har yil 12 hayvondan birining nomi bilan ataladi. Xitoyliklar shu kunda qizil rangli libos kiyadi, ko‘cha va uylarni bezatadi. Mushakbozlik va turli paqildoqlarning ovozi yovuz ruhlarni qo‘rqitishi, omad keltirishiga ishoniladi. Uylar tozalanib, baxt kelishi uchun joy ochiladi. Oila a’zolari esa xizmat safari, o‘qish yoki boshqa ish bilan boshqa mamlakatda bo‘lishiga qaramay, kechki ovqatga bir dasturxon atrofida to‘planadi.

Yaponiyada Yangi yil deyarli 1 oy davomida nishonlanadi

Foto: AdMe

Yaponiyada Yangi yil Grigoryan kalendari asosida nishonlanadi, 25-dekabrda boshlanadi va deyarli 1 oy davom etadi. Yaponlar uylarini to‘kin-sochinlik, xotirjamlik va sevgi ramzi bo‘lgan bambuk, olxo‘ri daraxti shoxlari bilan bezatadi. Yangi yil arafasida yaponlar ibodatxonaga tashrif buyurib, Tangridan salomatlik va baxt so‘raydi. Yangi yil oqshomi esa odamlar omad keltiradi, deb hisoblangan oq va pushti rangli, guruchdan tayyorlangan kulchalar bilan bo‘lishadi.

Tailandda Yangi yil 13-aprel kuni nishonlanadi.

Foto: AdMe

Songkran deb nomlanadigan ushbu bayram qadimgi hind kalendariga ko‘ra yil almashinuvi va yomg‘ir mavsumi boshlanishini bildiradi. Bu kunda aholi rohiblarga bayramona taom ulashadi. G‘uborlardan tozalanish, negativlardan qutulish uchun odamlar bir-biriga suv sepadi.

Birma aholisi ham Yangi yilni aprelda nishonlaydi, bayram sanasi esa hukumat tomonidan belgilab beriladi

Foto: AdMe

Taxminan, 12 apreldan 17-aprelgacha bo‘lgan kunlarda nishonlanadigan bayram Tinjaan deb ataladi. Ushbu kun qancha quvonch va shovqinga boy bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu bilan yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lishiga ishoniladi.

Hindistonda bir yilda bir necha marta Yangi yil nishonlanadi

Foto: AdMe

An’anaviy Gudi-padva bayrami mart oyida nishonlanadi. Ko‘plab shtatlarda Yangi yil u yerda yashaydigan xalqlarning an’anaviy kalendariga binoan bo‘ladi. Ulardan eng mashhuri Bengal Yangi yili — Xoli hisoblanadi. Qish ustidan bahorning g‘alabasi sifatida oy to‘lganidan keyin ikki yoki uch kun mobaynida nishonlanadigan ushbu bayramni hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi ekaniga ishonadi. An’anaga ko‘ra, bu kunda ommaviy sayl o‘tkaziladi va hamma bir-biriga bo‘yoqli suv hamda kukun sepadi, bu harakat bahor kelgani bilan bir-birini qutlash, baxt-omad tilash hisoblanadi.

Efiopiyada Yangi yil 11-sentabrda nishonlanadi

Foto: AdMe

Efiopiyada Yangi yil — Enkutatash bayrami nishonlanadi. Aholi ushbu kuni ekvalipt va qoraqarag‘aydan ulkan gulxan yoqadi. Addis-Abeba maydoniga yig‘ilgan xaloyiq kulga aylangan daraxtning qaysi tomonga qulashini kuzatadi va aynan o‘sha tarafda hosil mo‘l bo‘lishiga ishoniladi.

Isroilda Yangi yil kuzda nishonlanadi

Foto: AdMe

Rosh xa-Shana deb nomlanadigan bayram sentabr yoki oktabrda nishonlanadi. Bu vaqtda kelasi yil “shirin” bo‘lishi uchun olma va asal yeyiladi.

Italiyada eski buyumlar tashlab yuboriladi

Foto: AdMe

Italiyaliklar qancha ko‘p eski narsalar tashlab yuborilsa, kelasi yil shunchalik baxtiyor bo‘lishiga ishonadi. 1-yanvar kuni transportlar harakatlanishdan to‘xtaydi, ko‘chalar yorqin chiroq va boshqa dekoratsiyalar bilan bezatiladi, mushakbozlik bo‘lib o‘tadi. Rimda bayram oqshomi baxt keltirishiga ishonilgani sabab ko‘prikdan Tibr daryosiga sakrash an’anasi bor.

Gretsiyada Avliyo kuni nishonlanadi

Foto: AdMe

1-yanvar kuni Gretsiyada nafaqat Yangi yil, balki avliyo Vasiliy kuni ham nishonlanadi. Vasilopita nomli yong‘oq va mevali pirog pishiriladi va uni tayyorlash jarayonida ichiga tanga solinadi. Yeyish davomida kimning pirog bo‘lagidan tanga chiqadigan bo‘lsa, kelayotgan yilda o‘sha inson eng baxtli bo‘ladi.

Shotlandiyada 31-oktabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi Yangi yilning boshlanishi hisoblanadi

Foto: AdMe

Olov, sham va gulxan Samayan deb nomlangan bayramning ramzi hisoblanadi. Odamlar olov ustidan sakraydi hamda olovning yomonlik va yovuzliklardan tozalashiga ishoniladi.

Buyuk Britaniyada eski Yangi yilni nishonlaydiganlar ham bor

Foto: AdMe

Britaniyada Yangi yil Grigoryan kalendari bo‘yicha nishonlanadi, ammo Gvaun vodiysidagi kichik qishloq aholisi Yangi yilni 1752-yilga qadar bo‘lgani singari nishonlaydi. Ushbu vodiyda 13-yanvar kuni Yangi yil kirib keladi. Bu kunda bolalar eski qo‘shiqlarni aytib, shirinlik va sovg‘a so‘rab qo‘shnilarinikiga chiqadi.

От qwert.uz