Bayram makiyajida nimalarga e’tibor berish kerak?

Bayram va alohida kunlarda ayol-qizlar har qachongidan ham boshqacha va go‘zalroq ko‘rinishni istaydi. O‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish uchun esa nafaqat liboslar, balki makiyaj ham muhim rol o‘ynaydi.

Makiyajga yuzni tayyorlash

Makiyajdan avval yuzga baza surtishni unutmang. Shundan keyin istalgan eksperimentni sinab ko‘rishingiz mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Yuzingiz uzoq vaqt tiniq va ko‘ngildagidek turishi uchun tonal krem tanlashda ehtiyotkor bo‘ling. U yaltiratib qo‘ymagani va shu bilan birga tarkibida terini quritib qo‘ymaydigan moddalar bo‘lgani, namlantirib turgani yaxshi. Bu borada sebum ishlab chiqarilishini yaxshilaydigan va namlikni ushlab turadigan kremlar ayni muddao.

Foto: Vivendi

Urg‘u berish

2021-yil sigir yili ekani sabab ham yangi yilda, ayniqsa, metall ranglar dolzarb bo‘ladi. Qovoqlarga to‘liq metall rangli ten surtishingiz yoki boshqa rang bilan umumlashtirishingiz mumkin.

Podvodka surtishda ahamiyat berish kerak bo‘lgan jihatlar

Tendan keyin podvodka surtish obrazingizni yakunlovchi nuqta bo‘lishi mumkin. Yuqori qovoq kipriklari bo‘ylab ingichka qilib podvodka surting. Bunda ko‘zlaringiz yana ham katta va shahlo ko‘rinadi. Qolaversa, ikkitalik strelka chizsangiz ham bo‘ladi.

Foto: Vivendi

Lab bo‘yog‘i

Labga urg‘u berishni istasangiz, yorqin va to‘qroq ranglardan foydalaning. Bayramona kayfiyat baxsh etish uchun metall tusli bo‘yoqdan foydalanganingiz yaxshi. Makiyaj uzoq vaqt turishi uchun xuddi shunday rangli qalamdan foydalaning. Ko‘zlarga urg‘u berishni unutmang. Kipriklar qalin turishi uchun tushdan foydalaning.

Foto: Vivendi

Ko‘zga urg‘u berish

Tush surtishdan 10 daqiqa avval tush idishini issiq suvga solib qo‘ying, bunda yana ham yaxshi surtiladi, kipriklar yopishib qolmaydi. Surtib bo‘lgandan keyin cho‘tkani salfetka bilan artib tashlang. Tushni zig-zag harakatlar bilan bir qavat qilib surting. Qotganidan keyin ikkinchi va uchinchi marta surting. Uni to‘g‘ri saqlashni uddasidan chiqsangiz, tush uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. Foydalangandan keyin qopqog‘ini yaxshilab yopmasangiz havo kirib, qotib qolishi mumkin.