“Solyanka” ichidagi sabzavot va go‘sht mahsulotlari taomning mazasini batamom boyitadi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Hi-chef

Kerakli mahsulotlar:

  • Mol go‘shti (lahm) − 300 gramm;
  • Kartoshka − 1 dona;
  • Dudlangan kolbasa − 50 gramm;
  • Dudlangan mol go‘shti − 80 gramm;
  • Sosiska − 3 dona;
  • Piyoz − 2 dona;
  • Sabzi − 1 dona;
  • Tuzlangan bodring − 3 dona;
  • Zaytun − 50 gramm;
  • Suv − 2,5 litr;
  • Yog‘, shakar, tomat pastasi, qatiq va ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kichikroq piyoz va go‘sht ustidan suv quyiladi va qaynatishga qo‘yiladi. Ustidan ko‘piklari olinadi.
  2. 40 daqiqa qaynagach tayyor bo‘lgan bulyondan faqatgina piyoz olinadi. Unga to‘rtburchak to‘g‘ralgan kartoshka va sabzi solinadi. Yana 30 daqiqa qaynatiladi.
  3. Barcha go‘sht va kolbasa mahsulotlari somoncha shaklida to‘g‘raladi va tovada qovuriladi. Ustidan to‘g‘ralgan piyoz qo‘shiladi.
  4. Bulyonda qaynayotgan mol go‘shti olinib, somoncha shaklda to‘g‘raladi va tovadagi aralashmaga solinadi.
  5. Ustidan to‘g‘ralgan bodring, tomat pastasi va bir choy qoshiq shakar qo‘shiladi. Biroz qovurilgandan so‘ng 100 ml bulyon quyiladi va 15-20 daqiqa qaynatiladi.
  6. Taom tayyor bo‘lgach ko‘kat va zaytun qo‘shiladi. Taomni suzishda limon bo‘laklari va qatiq solib, dasturxonga tortiladi. Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar sepiladi. Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz