Nonushtaga yumshoqqina pankeyklar tayyorlaymiz

Yumshoqqina pankeyklar oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi tabiiy. Ayniqsa, ular tez fursatda dasturxonda hozir bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Glamour

Kerakli mahsulotlar:

  • Un – 150 gramm;
  • Qabartma (razrixlitel) – 7 gramm;
  • Sariyog‘ 82,5 foizli – 30 gramm;
  • Qaymoq 22 foizli – 215 gramm;
  • Tuxum – 1 dona;
  • Asal – 35 gramm;
  • Vanilin – 4 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

Barcha masalliqlar tayyorlab olinadi.

Foto: Glamour

Bir idishga un va qabartma solib, aralashtiriladi. Ikkinchisiga sariyog‘ eritilib, qaymoq, tuxum va vanilin bilan aralashtiriladi.

Foto: Glamour

Massalar aralashtirilib, suyuq xamir holiga keltiriladi.

Foto: Glamour

Tova olovda qizdiriladi. Qandolat qopchasi yordamida xamirlar 20 millimetr aylana shaklida tovaga quyiladi.

Foto: Glamour

Pankeyklar yuzasida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan ikkinchi tarafga o‘girilib, 2 daqiqa pishiriladi.

Foto: Glamour

Pankeyklar tayyor, yoqimli ishtaha!

Foto: Glamour