O‘zbekiston Prezidenti 3-aprel kuni 2020-yilning oxiriga qadar 20 ta tovar kategoriyalarini mamlakatga olib kirishda bojxona boji va aksiz solig‘ining nol stavkalari belgilangan farmonni imzolagan edi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Prezidentning 30-dekabrdagi qarori bilan barcha ushbu tovarlar uchun (shakardan tashqari) bojxona boji to‘lovlarini to‘lash 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar uchun nol stavkalari belgilandi:

  • yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlar;
  • baliq;
  • quyultirilgan yoki shakar yoxud boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan sut va qaymoq, sariyog‘ hamda sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yog‘lar, sut pastalari;
  • po‘choqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuxumlari;
  • barra yoki sovitilgan piyoz, shalot piyozi, sarimsoq piyoz, porey piyozi va boshqa piyozboshli sabzavotlar;
  • barra (yangi) yoki sovitilgan sabzi, sholg‘om, shirin lavlagi, echkisoqol, selderey ildizi, rediska va boshqa shunga o‘xshash iste’mol qilinadigan ildizmevalar;
  • barra (yangi) yoki sovitilgan bodringlar va sapcha bodringlar;
  • po‘chog‘i archilgan yoki archilmagan, barra (yangi) yoki sovitilgan dukkakli sabzavotlar;
  • po‘chog‘i archilgan, urug‘ po‘sti archib tozalangan yoki tozalanmagan, yanchilgan yoki yanchilmagan quritilgan dukkakli sabzavotlar;
  • bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni;
  • 1006-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqshoq yoki yanchilgan ko‘rinishda po‘sti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, oqlangan) boshoqli donlar;
  • butun, yorma ko‘rinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi;
  • kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari;
  • issiqlik bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, ichiga masalliq (go‘shtdan yoki boshqa mahsulotlardan) solingan yoki solinmagan, boshqa usulda tayyorlangan yoki tayyorlanmagan, shu kabi spagetti, makaronlar, ugra, lazanya, kletski, ravioli, kanneloni makaron mahsulotlari;
  • tayyorlangan yoki tayyorlanmagan kuskus;
  • xamirturush;
  • tibbiyot, xirurgiya, stomatologiya yoki veterinariyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan, chakana savdo uchun shakl va o‘ramlarda qadoqlangan yoki farmatsevtik moddalar shimdirilgan yoki qoplangan paxta, doka, bint va shunga o‘xshash buyumlar (masalan, bog‘lash materiallari, leykoplastirlar, priparkalar);
  • og‘iz bo‘shlig‘i yoki tish gigiyenasi vositalari, shu jumladan, tish protezlarini qotirish uchun kukunlar va pastalar;
  • chakana sotish uchun individual qadoqlangan tish oralarini tozalashda ishlatiladigan iplar (tish ipagi);
  • sovun; tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar ko‘rinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va vositalar;
  • suyuqlik yoki krem ko‘rinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;
  • yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan, yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari;
  • shamlar, mumdan yasalgan ingichka shamlar va shunga o‘xshash buyumlar;
  • gugurtlar, 3604-tovar pozitsiyasidagi pirotexnika buyumlaridan tashqari;
  • vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan qo‘lqoplar, ish qo‘lqoplari va mitenkalar;
  • o‘ramlar yoki listlarda bo‘lgan, krepirlangan yoki krepirlanmagan, gofralangan yoki gofralanmagan, bosib naqshlangan yoki bosib naqshlanmagan, teshilgan yoki teshilmagan, yuzasi bo‘yalgan yoki bo‘yalmagan qog‘ozdan tayyorlangan hojatxona salfetkalari yoki yuz artish uchun salfetkalar, sochiqlar yoki xo‘jalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun mo‘ljallangan boshqa turdagi qog‘ozlar, sellyuloza momig‘i va sellyuloza tolasidan mato;
  • eni 36 sm dan oshmaydigan rulonlarda yoki o‘lcham yoxud shaklda kesilgan xo‘jalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena uchun mo‘ljallangan hojatxona qog‘ozi va shunga o‘xshash qog‘oz, sellyuloza momig‘i va sellyuloza tolasidan mato; xo‘jalik-maishiy, sanitariya-gigiyena yoki tibbiyot uchun mo‘ljallangan dastro‘molchalar, kosmetik salfetkalar, sochiqlar, dasturxonlar, salfetkalar, choyshablar va shunga o‘xshash buyumlar, qog‘oz massasi, qog‘oz, sellyuloza momig‘i yoki sellyuloza tolasidan kiyim-kechak va unga tegishli buyumlar;
  • shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, dublirillangan yoki dublirillanmagan noto‘qima matolar;
  • ozon, kislorod va aerozol terapiyasi uchun sun’iy nafas olish yoki boshqa terapevtik nafas oldirish apparatlari;
  • turli materiallardan tayyorlangan ayollarning gigiyenik prokladkalari va tamponlari, bolalar yo‘rgaklari va tagliklari hamda shunga o‘xshash buyumlar.

Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytirilishi hamda 73 ta aksiz solig‘i bekor qilinishi va neft-gaz va yadro sanoatidagi texnikalarni QQSdan ozod etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz