Dortmundning “Borussiya” klubi 2020-yilning yanvar oyida 20 million yevroga “Zalsburg”dan norvegiyalik katta iste’dod sohibi 20 yoshli Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib oldi. Holand jamoa va umuman chempionatga juda tez moslashdi, o‘zi qatnashgan deyarli har bir o‘yinda gol urdi va yil davomida mana shu samaradorlikni ushlab tura oldi. Buning natijasi o‘laroq, bugungi kunda uning transfer narxi 100 million yevroga ko‘tarildi. Hozirda ko‘pchilik uning kelasi mavsumni biror bir grand jamoa safida boshlashini taxmin qilmoqda. Xo‘sh, bu vunderkind qanday hayot kechiradi. Quyida aynan mana shu savolga javob beramiz  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Holand qayerda yashaydi?

Holand Dortmundda ijaraga olingan uyda oilasi bilan birga yashaydi. Katta pulga shaxsiy uy sotib olmaslikka sabablar yetarlicha. Ulardan asosiysi uning bir yoki yildan so‘ng boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishidir. Holand katta ehtimol bilan yaqin orada ko‘chmas mulk sotib olmaydi. Axir, uning faoliyati endi boshlandi-ku.

Mashinalari

Foto: Deinupdate

Avtomobillar borasida ham Holand katta xaridlarni amalga oshirishga shoshilmayapti. “Zalsburg” safida o‘ynagan kezlari mashina haydaganiga qaramay, Dortmund klubi unga mashina bilan birgalikda haydovchi ham taqdim etgan.

Kumirlari

Foto: Twitter

Holand bolaligidan beri Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovichga havas qilib keladi va har bir harakati bilan ularga o‘xshashga harakat qiladi. Aytishlaricha, Holand uzoqroq va yaxshiroq o‘ynash uchun Ronaldu kabi oziqlanar ekan.

Foto: Getty Images

Daromadi

Foto: Twitter

Bo‘sh vaqtlarida qo‘shiq kuylashni yoqtiradigan Holandning “Borussiya”dagi bir yillik maoshi 6 million yevroga teng. Biroq kelasi mavsumdan boshlab bu ko‘rsatkich 8,5 million yevroga yetadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘pchilik Holandning tez orada jamoasini almashtirishini taxmin qilmoqda. Biroq voqealar rivojining qanday yakun topishiga faqat vaqt javob beradi.

От qwert.uz