“Shabi arus” tadbirlarida ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat guruh Turkiyaning Konya va Istanbul shaharlarida bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan uyushtirilgan safar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari “Muhtasham yuz yil” serialining asosiy qahramoni Sulton Sulaymon qarorgohi bo‘lmish “To‘pqopi saroyi”da ham bo‘lib, u yerdagi mashhur hovlilarni ko‘zdan kechirdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

To‘pqopi saroyi Istanbuldagi o‘ziga xos me’morchilik yechimiga ega 5 asrdan ziyod umrga ega inshoot sanaladi. Tarixiy majmua Bosfor bo‘g‘ozi va Marmar dengizi qo‘shilgan nuqtada joylashgan. Usmonlilar davrining qachonlardir mashhur qarorgohi sanalgan muhtasham saroy bugungi kunda megapolisning eng ommabop qadamjolaridandir. Uning umumiy maydoni 700 ming kvadrat metrni tashkil etib, 4 ta hovlidan iborat. Hovlilarning har birida bir-biridan farqlanuvchi obidalar bor. Keng miqiyosdagi muhandislik yechimlari tufayli ham uni Istanbul ichidagi alohida shahar, deb atashadi.

To‘pqopi saroyi maketi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Qasr zallarida 65 mingdan ziyod eksponatlar taqdim etilgan bo‘lib, ular saroy kolleksiyasining atigi o‘ndan biridir. Muzeyning ichki qismlarida esa bejirim mozaikalar, naqshlar, marmar va tilla elementlar bilan bezatilgan.

To‘pqopi 1463-yilda Sulton Mahmud Fotih tomonidan bir paytlar vizantiyalik imperatorlik qasri qurilgan Saroyburnu hududida qad rostlay boshlagan. Avvaliga saroy sultonlar tomonidan rasmiy majlislar hamda xorijiy mehmonlarni qabul qilish uchun foydalanilgan. Ayollar va bolalar o‘sha paytda bu yerda yashamagan. Ammo XVI asrda Sulton Sulaymon I davrida katta o‘zgarishlarga uchradi. U o‘ziga yaqinroq yashashni istagan rafiqasi Roksalananing (Xurram) iltimosiga ko‘ra haramni saroy ichiga ko‘chirgan.

XIX asrning o‘rtasigacha bino Usmonlu hukmdorlar kelib ketuvchi joy bo‘lgan. 1842-yilda esa Sulton Abdulmajid I Yevropaning mashhur qasrlar bilan bellasha oladigan barokko usulidagi yangi qasr qurishni buyuradi. Yangi qarorgoh Dolmabaxche, deb nomlanib, 1853-yilda bitirilgach, To‘pqopi o‘zining avvalgi ahamiyatini yo‘qotib borgan.

Usmonlilar imperiyasi qulagach, Turkiya prezidenti Mustafo Kamol Otaturk 1924-yilda unga muzey maqomini beradi. Bugungi kunda ushbu maskanni yiliga 2 million odam ziyorat qiladi. Mazkur ko‘rsatkich bilan u Konya shahridagi Mavlono muzeyidan keyin Turkiyadagi ikkinchi eng ommabop muzey hisoblanadi.

Birinchi hovli

Yanichar hovlisi 4 ta hovli ichida eng yirigi. Bir paytlar qarorgohdan turk sultonlari Ayo Sofiyaga juma namoziga chiqqan imperator darvozasi eng mahshur qismidir. Darvoza eshiklari to‘liq marmardan, fasad qismini esa arab tilidagi tilla yozuvlar bezab turadi.

To‘pqopi saroyining kirish qismi, Yanichar hovlisiga olib boruvchi imperator darvozasi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

To‘pqopi saroyining kirish qismi, Yanichar hovlisiga olib boruvchi imperator darvozasi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Ayo Irina cherkovi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

532-yilda qurilgan Ayo Irina cherkovi esa bugungi kungacha saqlanib qolgan. Usmonlilar Konstantinopolni egallagach uni buzmasdan qurol-yarog‘ saqlashga ombor qilishgan. Yuz yil ichida cherkov arxeologik, imperatorlik va harbiy muzey maqomida bo‘ldi, ammo yakunda undan barcha eksponatlar olib chiqildi va ayni vaqtda konsert maydonchasi sifatida foydalanilmoqda.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Ijtimoiy masofa saqlashga da’vat etuvchi tablo.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Ikkinchi hovli.

Ikkinchi hovli klassik Usmonlilar uslubidagi kutib olish darvozasi bilan ajralib turadi. U ark va 2 ta yevropacha uslubdagi minoraga ega. Ushbu darvoza markazga olib boruvchi sanalib, bugungi kunda sayyohlar uchun asosiy kirish qismidir. Bu yerda Kengash binosi, Adliya minorasi, devon, XIX asr o‘rtasigacha ishlagan Tashqi g‘azna, saroy a’yonlari binolari, sulton otxonasi, hammom va masjid joy olgan. Saroy oshxonalari esa nafaqat sulton, balki 10 ta seksiyada haram xonimlari, mansabdorlar uchun ham taom tayyorlagan.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Aynan shu hovlida sulton harami joy olgan bo‘lib, ayni damda bu yer muzeyga aylantirilgan. Haram bir paytlar 4 qismdan tarkib topib: birinchisi haram og‘asi, ikkinchisi haram xonimlari, uchinchisi sulton onasi, to‘rtinchisi esa turk hukmdoriga tegishli bo‘lgan. Bu yerda umumiy 300 ta xona, 2 ta masjid hamda ayollar kasalxonasi bor. Aksariyat xonalar kichik va interyer jihatdan sodda, ammo saroydagi Xurram sulton xonasi aksincha juda yirik va mashhur.

Uchinchi hovli

Bu yerda barokko usulidagi, yog‘och qubba bilan bezatilgan, 4 ta marmar ustunga ega baxt darvozasi bor. Ayni qismdan saroyning eng ichkari joylari, ya’ni sultonlarning yotoqxonasiga yo‘l ochiladi. Ushbu maskanga sultondan boshqa hech kim kiritilmagan, darvoza soqchilar tomonidan qo‘riqlanib, kimdir ruxsatsiz kirmoqchi bo‘lsa davlatga xiyonatda ayblangan. Taxt turgan zalga kirish qismi 2 ta bo‘lib, biridan faqat va faqat sulton, ikkinchisidan qolganlar kirgan. Binoning bezaklari gullar, toshlar, marmar ustunlar va oltin qoplamali panjaralar shaklida turli naqshlarni o‘z ichiga oladi. Uchinchi hovlining markazida kutubxona joy olgan, u saroy maktabi o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Bu yerda favvoralar, yashil miniatyurali bog‘lar, qubbali tom, arkli teshiklar, marmar ustunlar bor. Xazinaxona, sultonning barcha zargarlik buyumlari saqlanishiga mas’ul xazinalar palatasi va hukmdorlarning shaxsiy hovlisi bo‘lgan sirli pavilion aynan mazkur hududda joylashgan. Eng yirik saroy masjidi Og‘alarga esa sulton va uning yaqin xizmatchilari ibodatga kelgan.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

To‘rtinchi hovli

Ushbu hovlidan turib Istanbulning ajob manzarasi, saroyning go‘zal bog‘lari, gul, meva va uzumzorlarni tomosha qilish mumkin bo‘lgan. Sultonlar bu yerda yolg‘iz qolib o‘ylashni xush ko‘rgan. Marmar terassada esa Bosfor bo‘g‘ozi va Marmar dengizi, Oltin shox qirg‘oqlarini ko‘rish imkoniyatiga egasiz. Yerevan va Bag‘dod pavilyonlari, Kolonna zali, kesish pavilyoni va So‘fiy masjidlari yaxshi holatda saqlangan.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

От qwert.uz