“Real”ning barcha davrlardagi eng barqaror hujumchilaridan biri Karim Benzemaning hashamatli hayoti haqida hikoya qilamiz.

Uyi

Foto: Google Photos

Karim Benzema Madridning eng obro‘li tumanlaridan biri La Finchada istiqomat qiladi. Uning ikki qavatdan iborat bo‘lgan hashamatli uyi 2,5 million yevroga baholangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Uyda hashamatli hayot tarzini olib borish uchun barcha sharoitlar mavjud: bir qancha yotoqxona, suzish havzasi, oshxona, garaj va hokazolar.

Foto: Google Photos

Shaxsiy hayoti

Foto: Marca

Benzema ham bir qancha yulduz futbolchilar singari qarama-qarshi jins vakillari bilan bo‘lgan munosabatlari uchun muammolarga duch kelgan. Biroq 2017-yilda uning hayotida Kora Gote ismli qiz paydo bo‘ladi, shundan so‘ng Karim barqaror turmush tarzini yuritishni boshlaydi. Juftlik hozirda Ibrohim ismli farzandini voyaga yetkazish bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, Benzemaning avvalgi ayolidan qiz farzandi ham bor.

Foto: Instagram

Mashinalari

Mashinalar borasida ham fransiyalik futbolchi hamkasblaridan ajralib turishni yoqtirmaydigan ko‘rinadi, bunday deyishga sabab, uning garajidagi avtomobillarni ko‘rib faqat hayratlanish mumkin. Uning avtoparkidan Rolls Royce Race (500 ming dollar), Bugatti Veyron (2 million dollar), Bugatti Chiron (2,5 million dollar) Mercedes AMG G63, Lamborghini Aventador (500 ming dollar) Mercedes SLR McLaren (350 ming yevro), Ferrari 488 Spider va boshqa bir qator qimmatbaho mashinalar o‘rin olgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek, Benzema 20 million dollarga Gulfstream G200 Business Jet samolyotiga ham egalik qiladi.

Foto: Instagram

Do‘stlari

Foto: Bleacher Report

Karimning futbol olamidagi eng yaqin do‘sti, bu Frank Riberidir. Bir vaqtlar futbolchilar Fransiya termasi sharafini birga himoya qilgan va yaxshi do‘stlik aloqalariga ega bo‘lgan. Do‘stlar bugungi kunda ham bir-biri gaplashib turadi.

Futboldan tashqari qiziqishlar

Foto: Instagram

Karim o‘yin va mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida asosan, musiqa tinglashni, yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u farzandlari bilan birga vaqt o‘tkazishga va sayohatlarga alohida e’tibor qaratadi.

Foto: Instagram

От qwert.uz